Kitoblarimcatalogue
Back to books
Matematikadan 3000 ta yangi misollar (misollar zanjiri 20 soni ichida hisoblash 1-sinf)

Matematikadan 3000 ta yangi misollar (misollar zanjiri 20 soni ichida hisoblash 1-sinf)

Qo'llanmada birinchi sinfning asosiy mavzulari: "5 soni ichida hisoblash", "10 soni ichida hisoblash", "10 soni ichida qavsli amallarni bajarish", "20 soni ichida hisoblash", "20 soni ichida qavsli amallarni bajarish" bo'yicha og'zaki hisoblash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan materiallar keltirilgan. Qo'shimcha sifatida qulay usulda ayirish amallarini bajarish uchun mantiqiy misollar keltirilgan. Ko'nikma hosil bo'lganini qulay bilish mumkin? Har bir belgi harakati uchun 3-4 soniya vaqt ketadi. Agar bola hisoblash amallarini yaxshi bajarsa, 7-2+3-4-3+7-6+3= misolini 20-25 soniyada yechadi, 30 soniya ham yomon natija bo'lmaydi. Boshlang'ich sinflarda og'zaki hisoblash mashg'ulotlarini to'g'ri yo'lga qo'yishda har kuni uzoq davom etmaydigan (5-10 daqiqa) mashqlarni bajarish talab etiladi. Qo'llanmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajarish barcha shakldagi og'zaki hisoblash ko'nikmalari - eshitish orqali hisoblash (o'qituvchi misollar zanjirini ora-orada kichik tanaffuslar bilan ovoz chiqarib o'qiydi va o'quvchi bir necha soniyadan so'ng javob beradi), ko'rish orqali hisoblash (misollar zanjiri yozib qo'yilgan, o'quvchi esa yo og'zaki javob beradi, yo javobini daftarga yozadi), kombinatsiyali hisoblash (o'qituvchi misollar zanjirini aytib turadi, o'quvchi esa javoblarini yozadi)ni egallashga ko'mak beradi. Ushbu topshiriqlarni tizimli bajarish mantiqiy va matematik fikrlashni, ziyraklini rivojlantiradi, xotira va diqqat-e'tiborni mustahkamlaydi. O'qituvchining ixtiyoriga ko'ra, misollar zanjirini olimpiada va murakkab chuqurlashtirilgan topshiriqlar sifatida ham, o'rganilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash sifatida ham qo'llash mumkin. Eng yaxshi natijalarga erishish uchun har kuni o'ntadan misollarni yechish lozim. Qo'llanmadan matematika darslarida va uyda bajarish uchun mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin.

Book details

Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

16 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 1 day.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more