
Imij
Mazkur kitob 2017 yilda nashr etilgan "Shaxs imiji" risolasining ikkinchi, qayta ishlangan va to'ldirilgan shaklidir. Birinchi nashr kitobxonlar nazariga tushib, iliq fikrlar bildirildi. Shu bois kitob qayta ishlanib, e'tiboringizga havola qilinmoqda. Ushbu risola o'z qiyofasiga boshqalar nigohi bilan qarashni xohlagan va imij yaratish istagida bo'lgan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan. Imij insonni jamiyatga taqdim etadigan va o'zgalarga ta'sir o'tkazishga xizmat qiladigan vosita - ta'sir texnologiyasidir. Siz uni aslingizga mos, go'zallikka monand bir tarzda shakllantira olsangiz, har qanday maqsadga erishishda imijingizdan samarali foydalanish imkoniga ega bo'lasiz. Chunki odamlar asliyatingizga qarab emas, ular tasavvurida yaratgan qiyofangizga qarab sizga baho berishadi. Jozibador imij yaratish maqsadida bo'lsangiz, hayot tarzingizni, fe'l-atvoringizni, xulqingizni va muomalangizni "ko'zgu" ga solib, asliyatingizni go'zallashtirishga jazm qilasiz. Kitob mavzuga doir xorijiy va milliy manbalarga asoslangan hamda muallif kuzatishlariga tayangan holda yaratilgan. Eng muhimi, har bir so'z yurakdan o'tkazilib qog'ozga tushirilgan.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2020
- Asl tili
- O'zbek tili
232 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 12 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Kel Nyuport · 2020

O'lsang, kim yig'laydi?
Robin Sharma · 2023

Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'kon tarixi
Toni Shey · 2020

Блог на миллион долларов
Наташа Кортни-Смит · 2021

А. З. Авлокулов, д. Х. Шадиева, Р. У. Бадалов: Основы венчурного инвестирования
2014

Стань самым умным и самым богатым (Часть 2)
Шамиль Аляутдинов · 2019

Личные границы. Как их устанавливать и отстаивать
Дженни Миллер, Виктория Ламберт · 2019

Бизнесхак на каждый день 2.0. Экономьте время, деньги и силы
Igor Mann, Ренат Шагабутдинов · 2014
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash