
Safar kitobi (safarga oid fiqhiy masalalar)
Har bir inson umri davomida tug'ilib-o'sgan joyidan boshqa biror yurt yoki shaharga albatta safar qiladi. Insonning vatanidan yoki yashab turgan joyidan chiqib, uzoq masofani kesib o'tishi “safar” deyiladi. Safar asosan haj yoki umra niyatida, ilm olish, ustozlar va ulug'larni ziyorat qilish niyatida, tijorat, nafs riyozati, ko'ngil yozish, sayr-tomosha qilish hamda boshqa maqsadlarda qilinadi. Aslida muboh sanalgan bu ish safar qiluvchining niyatiga qarab, ibodat darajasiga ko'tarilishi mumkin. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Safar qilinglar, salomat bo'lasiz», deb marhamat qilganlar. Ulamolar qadimdan safar odoblariga katta e'tibor berishgan. Ular safarning turlarini, foyda-zararlarini, safarda nima muhimu, nima mumkin emasligini batafsil bayon qilib berishgan. Bugun siz azizlarning e'tiboringizga taqdim qilinayotgan «Safar va unga oid Fiqhiy masalalar» kitobi o'z nomiga muvofiq, safar qilish bilan bog'liq fiqhiy masalalarni o'z ichiga olgan. Kitobda safarning ta'rifi, safarning turlari, undan ko'zlangan maqsadlar, safarga tayyorgarlik ko'rish, ayollarning safar qilishi, ibodatlarning safar chog'ida ado etilishi, musofirning odobi, asliy va istiqomat vatani haqidagi tushuncha va shu kabi safar bilan bog'liq ko'pgina fiqhiy hukmlar bayon qilingan. Shuningdek, safar chog'idagi duo va zikrlarga ham keng o'rin berilgan. Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Hilol-nashr
- Nashr yili
- 2022
- Asl tili
- O'zbek tili
208 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 11 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Tarixi Muhammadiy
Alixonto'ra Sog'uniy · 2024

Mo'minning qalqoni
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

Zuhd va hayo
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2020

Faqih imomlar ixtilofida Hadisi Sharifning o'rni
Shayx Muhammad Avvoma · 2018
Tijorat va ishlab chiqarish haqida tasavvur
Abdulmannon Abdulloh · 2022
So'nggi safar (O'lim va u bilan bog'liq masalalar)
Abdulmannon Abdulloh · 2022
Nikoh kitobi
Abdulmannon Abdulloh · 2024

Ayollarga oid fiqhiy masalalar
Abdulmannon Abdulloh · 2025