Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Alifbo – o'qishni va yozishni o'rganamiz, rasmlarni bo'yaymiz

Alifbo – o'qishni va yozishni o'rganamiz, rasmlarni bo'yaymiz

Hurmatli ota-ona va Ustozlar ! Ushbu husnixat 5-7 yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan. U orqali farzandingiz harf tanishi, ularni yozishi va ayni harflardan boshlanadigan tasvirlarni aniqlab, ularni chizib, bo'yashi ham mumkin. Mazkur husnixatni tarkiblashda bolaning nutqini boyitishga alohida urg'u berilgan. Uni o'zlashtirishga kirishgan bola tanishgan harfi bilan boshlanuvchi kamida o'nta so'zni o'rganadi. Bolaning harf tanishi va uni o'z qo'li bilan yoza olishiga alohida e'tibor bilan yondashasiz, degan umidda, husnixatdan foydalanishdagi muhim jihatlarni sanab o'tdik. 1. Yangi harfni kamida uch marta aniq-tiniq talaffuz qilib, bolaga eshittiring va undan ham xuddi shunday talaffuz qilishini so'rang. 2. Harflarning bosma va yozma tarzda yozilishini bolaga tushuntiring. 3. Chap sahifada, harfning quyisida joylashgan suratlarni birma-bir bolaga ko'rsatib, nima ekanini so'rang. Topsa, albatta, uni olqishlang, mabodo, topa olmasa, surat ostidagi so'zni unga o'qib bering. Shundan so'ng so'zning qaysi harf bilan boshlanayotganiga ahamiyat berishini so'rang. Topa olmasa, yordamlashing. 4. Yozuv mashqlariga kirishishdan avval bolaga to'g'ri o'tirishni va ruchka (qalam) ushlashni o'rgating. 5. Yozuv mashqlarini bajarishda bolaning holatini hisobga oling. (Bunga qalam yoki to'g'ridan-to'g'ri ruchkada yozish, qo'l o'rgangunga qadar qoralamadan foydalanish kabi holatlar kiradi. ) 6. Bolani chiroyli yozishga undang. 7. O'ng sahifadagi nuqtali chizmalar tasvirini aniqlashda farzandingizga ko'maklashing. Faqat tasvirni ifodalagan so'zning bosh harfi qaysi ekanini topishni bolaning o'ziga qo'yib bering. 8. Nuqtachalarni tutashtirishda qora qalamdan foydalanishni tavsiya qilamiz. 9. Hosil bo'lgan rasmlarni erkin tarzda bo'yash asnosida ularning qaysi harfdan boshlanganini eslab qolishga urinish maqsadga muvofiqdir. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashr yili
2020
Asl tili
O'zbek tili

32 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 2 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash