Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Alifbo – o'qishni va yozishni o'rganamiz, rasmlarni bo'yaymiz

Alifbo – o'qishni va yozishni o'rganamiz, rasmlarni bo'yaymiz

Hurmatli ota-ona va Ustozlar ! Ushbu husnixat 5-7 yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan. U orqali farzandingiz harf tanishi, ularni yozishi va ayni harflardan boshlanadigan tasvirlarni aniqlab, ularni chizib, bo'yashi ham mumkin. Mazkur husnixatni tarkiblashda bolaning nutqini boyitishga alohida urg'u berilgan. Uni o'zlashtirishga kirishgan bola tanishgan harfi bilan boshlanuvchi kamida o'nta so'zni o'rganadi. Bolaning harf tanishi va uni o'z qo'li bilan yoza olishiga alohida e'tibor bilan yondashasiz, degan umidda, husnixatdan foydalanishdagi muhim jihatlarni sanab o'tdik. 1. Yangi harfni kamida uch marta aniq-tiniq talaffuz qilib, bolaga eshittiring va undan ham xuddi shunday talaffuz qilishini so'rang. 2. Harflarning bosma va yozma tarzda yozilishini bolaga tushuntiring. 3. Chap sahifada, harfning quyisida joylashgan suratlarni birma-bir bolaga ko'rsatib, nima ekanini so'rang. Topsa, albatta, uni olqishlang, mabodo, topa olmasa, surat ostidagi so'zni unga o'qib bering. Shundan so'ng so'zning qaysi harf bilan boshlanayotganiga ahamiyat berishini so'rang. Topa olmasa, yordamlashing. 4. Yozuv mashqlariga kirishishdan avval bolaga to'g'ri o'tirishni va ruchka (qalam) ushlashni o'rgating. 5. Yozuv mashqlarini bajarishda bolaning holatini hisobga oling. (Bunga qalam yoki to'g'ridan-to'g'ri ruchkada yozish, qo'l o'rgangunga qadar qoralamadan foydalanish kabi holatlar kiradi. ) 6. Bolani chiroyli yozishga undang. 7. O'ng sahifadagi nuqtali chizmalar tasvirini aniqlashda farzandingizga ko'maklashing. Faqat tasvirni ifodalagan so'zning bosh harfi qaysi ekanini topishni bolaning o'ziga qo'yib bering. 8. Nuqtachalarni tutashtirishda qora qalamdan foydalanishni tavsiya qilamiz. 9. Hosil bo'lgan rasmlarni erkin tarzda bo'yash asnosida ularning qaysi harfdan boshlanganini eslab qolishga urinish maqsadga muvofiqdir.

О книге

Издательство
Nurafshon business
Год издания
2020
Язык оригинала
O'zbek tili

32 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 2 дня.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ