
Husayn Voiz Koshifiy «Yaxshi xulqlar»
Buyuk mutafakkir, ilohiyotchi olim, adib va o'z davrida voizlik san'atining yirik namoyandasi bo'lgan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1442-1505-yillarda yashab o'tgan. Uning to'liq ismi Husayn ibn Ali Bayhaqiydir. Yoshligidan voizlik, ya'ni notiqlik bilan shug'ullangani sabab Voiz Koshifiy taxallusi bilan ham mashhur bo'lgan. Muallifning eng mashhur asari "Axloqi muhsiniy" bo'lib, uni 1495-yilda yozib tugatgan. Asar Sulton Husayn Mirzoning o'g'li, temuriy shahzoda, Marv hukmdori Abulmuhsin Mirzoga bag'ishlangan. Kitobda musannif avval axloqqa oid biror so'z va tushunchani izohlab, o'quvchi unga amal qilishi uchun fikrlarini Abulgosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy va boshqa mutafakkirlar asarlaridan iqtibos keltirgan holda asoslagan. Asardagi tarixiy qissalar qamrovi davr jihatidan juda katta bo'lib, ularda qadimgi yunon donishmandlari, turk, fors hukmdorlari, arab xalifalari va boshqalarning ibratli so'zlari va ishlari to'g'risida hikoya qilinadi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2025
- Asl tili
- O'zbek tili
317 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Qashqirlar makonadan solihlar tomon
Bobur Abdulloh · 2023

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022