Kitoblarimkatalog
Genetik

Genetik

Taniqli adib Isajon Sultonning “Genetik” romani – elning olis-yaqin qishloqlaridan birida tug'ilib o'sgan, zamonaviy ilm yordamida o'z xalqining teran ildizlariga razm solgan yigitchaning o'y-fikrlaridan hikoya qiladi.Shuningdek, to'plamdan yozuvchining “Ozod” romani va yangi hikoyalari ham o'rin olgan. Murakkab kompozitsiyaga va qadim milliy an'analarimizning yangicha talqiniga bag'ishlangan “Ozod” asari voyaga yetib kelayotgan bir o'spirinning ma'no va hikmat dunyolariga qadam qo'yishi, o'zligini anglab yetishi, shuningdek, butun olam, agar inson qiymat bermasa hechligi va dunyodagi har bir narsa inson beradigan qiymatga zor ekanligi haqidadir. Butun olam, tevarak-atrofdagi voqealar va hodisalar Ozodni taniydilar va uning o'z maqsadiga – baxt-saodat lolasiga hamda Humo qushiga qadar yetib borishini qattiq istaydilar. Kamolot darajalari sari ilgarilab borayotgan Ozod tevaragidagi kishilarning, jonzotlarning, voqea va hodisalarning barchasi o'sha maqsad yo'lidagi ramziy ishoratlar ekanini seza boradi va Lolaning ham, Humo qushining ham aslida o'zi tufayli qadru qimmat topishini anglab yetgani mohirona tasvirlanadi.

Kitob haqida

Nashriyot
ДИЛЯ
Nashr yili
2024
Asl tili
Rus tili

304 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 16 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash