Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Afg'on shamoli (9-10 kitoblar)

Afg'on shamoli (9-10 kitoblar)

«Afg'on shamoli» asarining to'qqizinchi qismida turkiyalik millatchi ekstremist Baqqol tomonidan terrorchi Xattob yordamida tashkil etilgan «Kulrang bo'rilar» nomli ajal to'dasi va uning kirdikorlari haqida so'z boradi. Bu to'daga qarshi yurtning asl o'g'loni Bo'ronning jasorati, rus asirlarining qutqarilishi, Vataniga nafi tega boshlagan G'afurning ko'magi bilan Bo'ronning farzandi Afg'onistondan olib chiqib ketilishi, Xattobning yo'q qilinishi va ko'pgina qiziqarli tafsilotlarga boy turfa taqdirlar qalamga olingan. Asarning o'ninchi qismi yanada shiddatli voqealarga boy. Shu kungacha jangarilar safida yurib O'zbekistonda o'z hokimiyatini o'rnatish maqsadida bo'lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarayotgan G'afurning yuragida birdan yorug'lik paydo bo'ldi. Begunoh odamlarning daryo bo'lib oqayotgan qoni uning ko'zini ochdi. Nega odamlar bir-biri bilan urishyapti, yosh demay, qari demay oldidan chiqqanni o'ldiryapti, degan savollarga javoban o'z hayoti mazmunini o'zgartirdi. Kindik qoni to'kilgan vatani, ko'z qorachig'idek ardoqlab o'stirgan xalqi tinchini saqlab qolish maqsadida G'afur Endi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga yordam bera boshlaydi. Yovuz niyatli kishilarning rejalari haqida ma'lumotlar to'plash uchun boshidan ko'p qiyinchiliklarni o'tkazadi.

Kitob haqida

Nashriyot
Yosh Kuch
Nashr yili
2020
Asl tili
O'zbek tili

384 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash