Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Yapon xalq ertaklari. Yetti ertak 2 (O'zbek-rus-ingliz tilida)

Yapon xalq ertaklari. Yetti ertak 2 (O'zbek-rus-ingliz tilida)

Yaponiya mana bir necha yillar hamon hammani hayratga solib kelmoqda. Fan, texnika, iqtisoddagi yutuqlar Yaponiyani mo'jizalar mamlakati deb atalish darajasigacha ko'tardi. Bugun buni hamma biladi va tan oladi. Gap shu haqida ketsa "Ular juda ilgarilab ketishdi, endi ularga yetib olish amrimahol..." deguvchilar bor va afsuski hatto ko'p. Men bunday deguvchilarga qo'shilmayman. Avvalo, asosan nimaning evaziga bu darajaga ko'tarilganliklarini bilish, tushunish kerak. Yaponiyada bolalar ta'limi-tarbiyasi sohasi rivojlana borgani sari mamlakat yuksala bordi, xalqning turmush darajasi eng ilgari o'rinlarga yetdi. Xalq bir tan, bir jon bolib, hamma bir yoqadan bosh chiqarib ta'limni, tarbiyani o'yladi. Yapon mentalitetining alohida yorqin qirralari - mehnatsevarligi, intizomlligi, ko'pchilikka va oilasiga bo'lgan sevgisi va kattalarga bo'lgan hurmatidir. Bu xususiyatlar bolaga yoshligidan singdirib boriladi. Bolalar tarbiyasida badiiy asarlar, xalq ertaklari muhim ahamiyatga ega. Yapon ertaklari o'zining ta'sirchanligi, go'zallikni his qilishi, jonzotlarni, tabiatni sevishni o'rgatishi bilan ajralib turadi. Ko'pchilik xalq ertaklari kabi Yapon xalq ertaklarida ham oliyjanoblik g'alaba qiladi. Qo'lingizdagi Yapon xalq ertaklarini o'qish davomida kayfiyatingiz ko'tariladi hamda mo'jizaviy Yaponiya davlatini va odamlarini o'rganasiz, deb umid qilamiz.

Kitob haqida

Nashriyot
Nihol nashr
Nashr yili
2023
Asl tili
O'zbek tili

40 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 2 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash