Kitoblarimkatalog
Layli va Majnun

Layli va Majnun

Ishq-muhabbat hamisha badiiy adabiyotning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Bu mavzuda odamzod dastlab og'zaki termalar, xalqona qo'shiqlar, dostonlar yaratgan bo'lsa, keyinchalik qissalar, romanlar yaratilgan. Sharqda «Farhod va Shirin», «Tohir va Zuhra», «Vomiq va Uzro» kabi oshiq-ma'shuqlarning muhabbati hamon tillarda doston. «Layli va Majnun» dostoni ular orasida alohida o'rin tutadi. «Layli va Majnun» dostoni ilgari ham nasriy bayon qilingan. Biroq oldingi bayonlar dastlabki urinish bo'lgani uchun qator kamchiliklardan xoli emas. Navoiy asarlarini nasriy bayon qilish mumtoz adabiy tilni bilish barobarida badiiy puxtalikni ham talab qiladi. Vahob Rahmon nasriy bayoni asosida tuzilgan «Layli va Majnun» dostonining mazkur yangi nasriy tabdili asliyatga juda yaqinligi bilan e'tiborga molik. Umid qilamizki, mazkur yangi nasriy tabdil «Layli va Majnun» dostonidan keng kitobxonlar ommasini yana ham to'la bahramand bo'lishlarida o'ziga xos vosita vazifasini o'taydi.

Kitob haqida

Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash