Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Abu Rayhon Beruniy asarlari to'plami (8 ta kitob)

Abu Rayhon Beruniy asarlari to'plami (8 ta kitob)

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining bir guruh olimlari tomonidan olib borilgan uzoq yillik mehnatlar samarasi o'laroq “Abu Rayhon Beruniy kitoblari” ning yangi nashri keng ommaga taqdim qilindi.Taqdimot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida” qaroridagi vazifalarni bajarish maqsadida, allomaning XX asrni 50 yillaridan boshlab nashr qilingan yettita jilddan iborat asarlari qayta nashriga bag'ishlab o'tkazildi. Professor Ashraf Ahmedov o'z shogirdlari (B. Abdullayev, M. Xandamova, U. Kuranbayeva) bilan birgalikda Abu Rayhon Beruniy “Tanlangan asarlar” ining o'zbek tilidagi yangi nashri – 8 ta jildini chop etishga tayyorladi. Quvonarlisi shuki, 2018-yilda, oldin chop etilmagan, Beruniyning “Tanlangan asarlar” turkumiga kirmagan uchta asari – kichik risolalari “Kartografiya”, “O'tishlar”, “Zijlar sarasi” 8-jild sifatida rus va o'zbek tillarida tarixchilar, sharqshunoslar va umuman kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Olimlarimiz oldidagi keyingi vazifa Beruniy asarlarining yettita jildini o'zbek tilida qayta nashr etish bo'ldi. Bu maqsadga erishish yo'lida esa qancha izlanishlar va tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi jildlar “O'ZBEKISTON” nashriyotida chop etishga shay holatga keltiridi. Marhum akademik U.Karimov tomonidan nashr etilgan to'rtinchi jild “Saydana” asarini o'zbekchalashtirish ustida professor S.Karimova olib borayotgan ish hali nihoyasiga yetmaganligi sababli beshinchi jildning birinchi kitobini Beruniyning “Tanlangan asarlar” turkumida to'rtinchi jild qilib, ikkkinchi kitobini esa beshinchi jild qilib nashr etishga qaror qilindi. Taqdimotda quyidagi asalar tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi: 1. Abu Rayhon Beruniy. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”. Tanlangan asarlar. I jild. 2. Abu Rayhon Beruniy. “Hindiston”. Tanlangan asarlar. I jild. 3. Abu Rayhon Beruniy. “Geodeziya”. Tanlangan asarlar. III jild. 4. Abu Rayhon Beruniy. “Qonuni Mas'udiy”. Tanlangan asarlar. IV jild. 5. Abu Rayhon Beruniy. “Qonuni Mas'udiy”. Tanlangan asarlar. V jild. 6. Abu Rayhon Beruniy. “Yulduzshunoslik san'ati asoslarini tushuntirish kitobi”. Tanlangan asarlar. VI jild. 7. Abu Rayhon Beruniy. Matematik va astronomik risolalar. Tanlangan asarlar. VII jild. 8. Abu Rayhon Beruniy. Kichik risolalar. Tanlangan asarlar. VIII jild. Shunday qilib, yuqorida zikr etilgan nashrlar 2023-yilda nishonlanadigan buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yillik yubileyiga shubhasiz munosib sovg'a bo'ldi deyish mumkin. Abu Rayhon Beruniyning “Ulug' hodisalar har vaqt yuz beravermaydi” degan hikmatli so'zlari bor. Zero, bu kabi asarlarning nashr etilib, xalqimizga tuhfa etilishi ham ulug'vor hodisalardan biridir.

Kitob haqida

Nashriyot
O'zbekiston
Nashr yili
2022
Asl tili
O'zbek tili
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash