Kitoblarimkatalog
Qalb uyg'onishi

Qalb uyg'onishi

Hammamizga yuborilgan maktub Jurnalistikaning eng birinchi shartlaridan biri hozirjavoblik, hayot bilan tengma teng qadam tashlash, davr savollariga javob berish. Meni Jasur Hamroyev bilan tanishtirgan, Jasur Hamroyevni hurmat qilishimga asos bo'lgan tuyg'u – Jasur davr yangiliklarini birinchilardan bo'lib matbuotda yoritar edi. “Darakchi” gazetasini ommalashtirgan, xalq ichiga olib kirgan, odamlarning mehrini qozonishiga sabab bo'lgan ijodkorlarning eng birinchilaridan biri, shubhasiz, Jasur Hamroyevdir. Uning o'sha davrda yozgan har bir maqolasi katta shov shuvlarga o'zak bo'lar edi. Keyin u, o'sha davr uchun katta yangilik bo'lgan, shou biznesning yangi davriga eshik ochgan saytlardan biri www.shov-shuv.uz saytiga asos soldi va matbuotning yetmish yillik qoliplaridan chiqib, yangi yo'nalishlarida ijod qila boshladi. Uning har bir maqolasi yoshlar orasida katta shov shuvlarga sabab bo'lar edi. Men, o'sha paytlardayoq unga, “nomer bir jurnalistsiz” degan edim, hatto buni yozib ham chiqqandim. Buni aytishimga sabab, Jasur Hamroyev to'xtovsiz izlanar, doimo yangi fikrlar, yangi g'oyalar, yangi loyihalar bilan matbuotimizda birinchilardan qadam tashlar edi. Shuni ham aytish kerakki, Jasur Hamroyev o'z bilim, izlanishlari doirasida faqat matbuot bilan chegaralanib qolgani yo'q. U, keyinchalik Dehlidagi IIMCda, Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil oldi, doimo o'z dunyoqarashini boyitib bordi. Mana shu ilmlar uni, xalqaro jurnalist sifatida shakllanishiga yordam berdi. U, AQSH, Angliya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya, Italiya, Rossiya, Ozorbayjon, Gruziya, Ekvador, Kuba, Malayziya, Singapur, Portugaliya, Iordaniya, Turkiya, Misr, Irlandiya, Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, xullas Yer sharining deyarli hamma davlatlaridan maqolalar tayyorlab o'zbek matbuotini boyitib bordi, va matbuotimizdagi juda ko'p ijodkorlarga haqiqiy jurnalist qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Mana, qo'limda Jasur Hamroyevning “Qalb uyg'onishi” kitobi turibdi. Jasur meni yana bir bora hayratga soldi. Qarshimda, doimo shou biznesdagi shov shuvlar, g'ala g'ovurlar, xalqaro aeroportlar, konsertlar, taqdimotlar, konkurslar, xonandalarning ayovsiz tortishuvlarining qoq o'rtasida yuruvchi Jasur Hamroyev emas, balki uzlatga chekingan, qalbini yagona Ollohga ochgan, yuzini qiblaga burib, yuragining tub tubidagi yashirin sirlarini qog'ozga tushirgan, uni doimo boshqarib turgan iymon otlig' buyuk javharni naqadar mo'jizakor ekanligini bizga oshkor etayotgan Jasur Hamroyevni ko'rib, lol qoldim. Bu kitob, Jasur Hamroyevni buyuk qalb egasi ekanligining yaqqol dalilidir. Bu kitobda, uni doimo oldinga yetaklagan, uni cho'kishdan, to'xtab qolishdan, ortda qolib ketishdan asrab kelgan kuch, u mustahkam iymonga, kuchli e'tiqodga ega ekanligini yaqqol ko'rsatib bergan ijod namunalari jamlangandir. Jasurning har bir qatrasi, bu shunchaki ijod namunasi emas, balki hayot tajribasi, kechinmalari, mulohazasi, iztirobi, dardu alamlarining, fig'onlarining timsollaridir. Butun insoniyatga hayqirig'i, qalbining faryodlaridir. Men, barchaga ushbu kitobni o'qishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Jasurni esa, ushbu kitobi bilan muborakbod etaman. Kitob – maktub. Hammamizga yuborilgan maktub ! Muhammad Ismoil, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Kitob haqida

Nashriyot
Ijod nashr
Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

100 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 5 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash