Kitoblarimkatalog
Oqsoch

Oqsoch

Frida Makfadden psixologik triller janrida ijod qiluvchi mashhur amerikalik yozuvchi. U o'tkir syujetli, kutilmagan burilishlarga boy asarlari bilan kitob xonlar orasida katta shuhrat qozongan. Makfadden ko'pincha inson psixologiyasi, yashirin sirlar va oddiy xayot ortida yashiringan korongi haqiqatlarni tasvirlaydi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Oksoch» (The Housemaid) bo'lib, ushbu roman dunyo bo'ylab millionlab nusxada sotilgan va ko'plab tillarga tarjima qilingan. Ushbu roman Huzur nashriyoti tomonidan ilk bor o'zbek tilida nashr etilmokda. Bu uyni faqat qo'llarim kishanband holda tark etishim mumkin. Fursat borida juftakni rostlab qolishim kerak edi. Ammo endi bu imkon qo'ldan chiqdi. Polisiya uyda, ular yuqorida nima borligidan xabardor. Ortga esa yo'l yo'q. Bir ozdan so'ng haq-huquqlarim bilan tanishtirishadi. Nega xaligacha bunday qilishmadi, hayronman. Balki meni laqillatib, ularga aytishim kerak bo'lmagan biron narsani o'zimdan gullab qo'yishimni kutishayetgandir. Ovora bo'lishadi! Qora sochlariga oq oralangan polisiyachi men bilan yonma-yon o'tiribdi — chorpahl gavdasi qo'ng'ir tusli italyancha charm divanga tinmay sirg'alyapti. Qiziq, uning uyidagi divani qanaqa ekan-a? Narxi mana buniki kabi otning kallasidek emasligi aniq. Hoynahoy, zarhalob rangi, ustiga hayvon terisi tashlab qo'yilgan, bir necha joyi chokidan so'kilib ketgan bo'lsa kerak. Xuddi shunchaka divani bo'lishi haqida xayol surayotganmikan-a? Yoki chordoqdagi murda haqida o'ylayotganmikan?

Kitob haqida

Nashriyot
Huzur
Nashr yili
2026
Asl tili
O'zbek tili

384 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.

Kitoblarim botida: 3 kishi oʻqiyapti · 1 kishi oʻqimoqchi

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash