Kitoblarimcatalogue
Oqsoch

Oqsoch

Frida Makfadden psixologik triller janrida ijod qiluvchi mashhur amerikalik yozuvchi. U o'tkir syujetli, kutilmagan burilishlarga boy asarlari bilan kitob xonlar orasida katta shuhrat qozongan. Makfadden ko'pincha inson psixologiyasi, yashirin sirlar va oddiy xayot ortida yashiringan korongi haqiqatlarni tasvirlaydi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Oksoch» (The Housemaid) bo'lib, ushbu roman dunyo bo'ylab millionlab nusxada sotilgan va ko'plab tillarga tarjima qilingan. Ushbu roman Huzur nashriyoti tomonidan ilk bor o'zbek tilida nashr etilmokda. Bu uyni faqat qo'llarim kishanband holda tark etishim mumkin. Fursat borida juftakni rostlab qolishim kerak edi. Ammo endi bu imkon qo'ldan chiqdi. Polisiya uyda, ular yuqorida nima borligidan xabardor. Ortga esa yo'l yo'q. Bir ozdan so'ng haq-huquqlarim bilan tanishtirishadi. Nega xaligacha bunday qilishmadi, hayronman. Balki meni laqillatib, ularga aytishim kerak bo'lmagan biron narsani o'zimdan gullab qo'yishimni kutishayetgandir. Ovora bo'lishadi! Qora sochlariga oq oralangan polisiyachi men bilan yonma-yon o'tiribdi — chorpahl gavdasi qo'ng'ir tusli italyancha charm divanga tinmay sirg'alyapti. Qiziq, uning uyidagi divani qanaqa ekan-a? Narxi mana buniki kabi otning kallasidek emasligi aniq. Hoynahoy, zarhalob rangi, ustiga hayvon terisi tashlab qo'yilgan, bir necha joyi chokidan so'kilib ketgan bo'lsa kerak. Xuddi shunchaka divani bo'lishi haqida xayol surayotganmikan-a? Yoki chordoqdagi murda haqida o'ylayotganmikan? Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Huzur
Publication year
2026
Original language
O'zbek tili

384 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 20 days.

In the Kitoblarim bot: 2 reading · 1 want to read

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next