Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Mo'ynali mantodagi Madonna
Badiiy tarjima

Mo'ynali mantodagi Madonna

Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan o'tkazdi: musofirlikning qattiq nonini yeyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur bo'ldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shug'ullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik g'oyalari bilan sug'orilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), o'zbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam ma'noda "Mo'ynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar bo'lmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Mo'ynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni o'tayotganda qo'li singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida og'riqni bosish uchun qo'lini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta'bir joiz bo'lsa, "Mo'ynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-o'n sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi o'ziga o'xshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab o'tganini, u bilan o'rtalarida qil o'tmas do'stdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora bo'g'zini taxir g'ashlik achishtira boshlagan o'quvchi kitobning so'nggi sahifasini yopar ekan, o'kirib yig'lab yuborishdan, xo'rsinik aralash ko'z yosh to'kishdan o'zini arang tiyib qoladi. Bugun ham o'z qiymatini yo'qotmagan ushbu asar nozikta'b kitobxonlarning ko'nglini zabt etishiga umid qilamiz.

Kitob haqida

Nashriyot
Factor Books
Nashr yili
2022

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash