
Mo'ynali mantodagi Madonna
Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan o'tkazdi: musofirlikning qattiq nonini yeyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur bo'ldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shug'ullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik g'oyalari bilan sug'orilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), o'zbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam ma'noda "Mo'ynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar bo'lmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Mo'ynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni o'tayotganda qo'li singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida og'riqni bosish uchun qo'lini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta'bir joiz bo'lsa, "Mo'ynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-o'n sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi o'ziga o'xshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab o'tganini, u bilan o'rtalarida qil o'tmas do'stdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora bo'g'zini taxir g'ashlik achishtira boshlagan o'quvchi kitobning so'nggi sahifasini yopar ekan, o'kirib yig'lab yuborishdan, xo'rsinik aralash ko'z yosh to'kishdan o'zini arang tiyib qoladi. Bugun ham o'z qiymatini yo'qotmagan ushbu asar nozikta'b kitobxonlarning ko'nglini zabt etishiga umid qilamiz. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Factor Books
- Publication year
- 2022
192 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 10 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Uyimni sog'indim... yoxud seni kutayotgan joyga bormoq fursati yetdi
Elchin Safarli · 2020

Seni va'da qilgandi hayot
Elchin Safarli · 2021

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Cry Wolf
Wilbur Smith · 1998

Crisis Four
Andy McNab · 2000

Mockingjay (used)
Suzanne Collins · 2011

The Workhouse Girl (used)
Dilly Court · 2013