
Qirollar to'qnashuvi
Jorj R.R. Martinning «Muz va Olov qo'shig'i» epopeyasi tarkibiga kiruvchi «Qirollar to'qnashuvi» romani zamonaviy epik fentezi janrining yuksak namunasidir. U «Qahramonlik dostonlari» haqidagi o'quvchi tasavvurini tubdan o'zgartirib yuboradi. Bu gal «Taxtlar o'yini» kitobida barchamizga qadrdon bo'lib qolgan qahramonlar bilan sarguzashtlarni davom ettiramiz, ularning quvonch va qayg'ulariga sherik bo'lamiz. Muallif an'anaviy «ezgulik va yovuzlik kurashi» qoliplaridan voz kechib, kitobxon e'tiboriga hokimiyatning turfa tabiati, siyosiy ambitsiyalar va insoniy fojialarni havola etadi. Asarda jamiyat va shaxs munosabatlarining chuqur tahlili ham bayon etilgan bo'lib, unda har bir qarorning og'ir badali borligi shafqatsiz misollar orgali ochib beriladi. Tabiiyki, yozuvchiga xos xususiyat - tugallanmaganlik va sir ketidan sirlar shodasi - ushbu kitobning ham qatlariga singib ketgan. Martin sehr-joduni siyosiy o'yinlarga ustalik bilan uyg'unlashtiradi. Bir so'z bilan aytganda, «Qirollar to'qnashuvi» - dunyoqarashni olis ufqlar sari kengaytiruvchi, insonning shafqatsiz hamda ziddiyatli tabiati haqida o'ylashga majburlovchi muhtasham san'at asari sifatida baholanadi. Tarjimada «Bantam Books» (AQSh) nashriyotining 2015-yilda chop etilgan maxsus nashri asos qilib olindi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Zabarjad Media
- Nashr yili
- 2026
992 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 50 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Zukkolar va landavurlar
Malkolm Gladuell · 2019

Ernest Xeminguey: To'qchilik va yo'qchilik
Ernest Xemihguey · 2023

Mazaxchini o'ldirish
Harper Li · 2025

Rangin qushcha
Yeji Koshinskiy · 2023

Kakku uyasi uzra parvoz
Ken Kizi · 2022

Joze Mauro de Vaskonselos: Azizim, Po'rtaxol
Joze Mousro de Vaskonselos · 2021

Dardisar
Xurshid Abdurashid · 2024

Qon hidi
Abdurashid Nurmurodov · 2020
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash