
"Surgun"dagi sarguzashtlar
Komil Sindarovning «O'zbek detektivi» seriyasidagi kitoblari bugun o'z o'quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga aën, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni ta'kidlashimizning sababi aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy voqelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko'rsatish, so'zsiz, qo'l siltab qo'yadigan mavzu emas. Navbatdagi - mazkur o'ninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini ta'minlagan. Farqi - jinoyat turining boshqaligi, rakurs o'zgarganligi, yozuvchining xulosasi. Ish jarayonlari sabab tergovchi “surgun”ga uchraydi. Ammo malakali xodim ish ham, joy ham tanlamaydi. “Surgun”da ro'baro' bo'lgan murakkabliklarga o'z salohiyatiyu sinchkovligi bilan yechim topadi. «fosh etilmaydigan jinoyat bo'lmaydi, chunki jinoyatchi har qancha ustomon bo'lsa-da, albatta, bitta xato qiladi va iz qoldiradi» - tergovchi Rahmonovning kasbiy shiori qanchalik haq va hayotiy ekanligini mutolaa yakunida bilib olasiz.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Yangi Asr Avlodi
- Nashr yili
- 2024
- Asl tili
- O'zbek tili
416 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 21 kunda tugatasiz.
Kitoblarim botida: 1 kishi oʻqimoqchi
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Tilsimli shaxmat
Agata Kristi · 2019

Amirlikning oltin taxti izidan
Komil Sindarov · 2022

Kechikkan qasos
Komil Sindarov · 2025
Tergovchi: O'girlangan bolalik
Komil Sindarov
Tergovchi: Tungi qotillik
Komil Sindarov
Or-nomus xuni
Komil Sindarov · 2025
G'ayrioddiy intiqom
Komil Sindarov · 2023

Qaytar qismat
Komil Sindarov · 2026
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash