
Mashaqqatli hayot so'qmoqlari
Hayotda shunday fidoyi, otash qalbli insonlar uchraydiki, ularning ser-mazmun umri, jo'shqin faoliyati, amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar uchun haqiqiy ibrat maktabi bo'lib qolaveradi. Qashqadaryolik taniqli tadbirkor Nazira Shodmonova mana shunday insonlardan edi. Mashaqqatli turmush yo'lini bosib o'tgan, halol mehnati, har qanday sharoitda ham ishonchiniyo'qotmasdan tinmay oldinga intilishi, qiyinchiliklar oldida esankirab qolmasligi, ishbilarmonlik salohiyati bois oxir-oqibat katta muvaffaqiyatlarga erisha olgan, zamonamiz qahramonlaridan biriga aylangan Nazira opaning ko'rgan-kechirganlari, yutuq va mag'lubiyatlari, quvonch va qayg'ulari, erishganlari va yo'qotganlari, ko'lamdor xulosa va saboqlari jild-jild kitoblarga mavzu bo'la oladi, albatta. Adiba Zulfiya Qurolboy qizi bir necha yil davomida Nazira opaning hayoti va faoliyatini chuqur o'rganishga harakat qildi. Shu maqsadda qahramoni tashkil etgan ishlab chiqarish korxonalarida bo'ldi, uning farzandlari, yaqinlari, qarindosh-urug'lari, biznes sohasidagi hamkorlari bilan uchrashdi. Bunday uzoq izlanishlar natijasida yuzaga kelgan badiiy asar - roman qo'lingizda, muhtaram o'quvchi. Ishonchimiz komil, cho'ng irodali, matonatli, yurtimizdagi birinchi tadbirkor ayol haqida hayajon bilan bitilgan ushbu asar Siz azizlarga ma'qul bo'ladi.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Read Book
- Nashr yili
- 2024
- Asl tili
- O'zbek tili
575 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 29 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Oyimtilla
Zulfiya Qurolboy qizi · 2025

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash