Kitoblarimkatalog
Kitoblarga qaytish
Jadid adabiyoti durdonalari: Abdulla Avloniy

Jadid adabiyoti durdonalari: Abdulla Avloniy

1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab marifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko 'proq ma'lumotlarga ega bo'lishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi - aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Abdulla Avloniy qalamiga mansub pand-nasihatlar va ibratlar o'rin olgan. Ko'proq ko'rish

Kitob haqida

Nashriyot
Turon zamin
Nashr yili
2024
Asl tili
O'zbek tili

192 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash