
Jadid adabiyoti durdonalari: Abdulla Qodiriy
1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab marifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko 'proq ma'lumotlarga ega bo'lishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi - aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Abdulla Qodiriyning she'rlari, hikoyalari, maqolalari, felyetonlari, hangomalari hamda dramasi kiritilgan bo'lib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz! Ko'proq ko'rish
Kitob haqida
- Nashriyot
- Turon zamin
- Nashr yili
- 2024
- Asl tili
- O'zbek tili
192 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 10 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Qodiriy
2022

Kundalik odoblari
G'iyosiddin Yusuf · 2025

Jadid adabiyoti durdonalari: Sadriddin Ayniy
Sadriddin Ayniy · 2024
O'tkan kunlar: Bygone days
Abdulla Qodiriy
Tanlangan asarlar Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy · 2018
O'tkan kunlar (qattiq muqova)
Abdulla Qodiriy · 2018
Mehrobdan chayon Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy · 2018
O'tkan kunlar Abdulla Qodiriy (lotin)
Abdulla Qodiriy · 2018