Kitoblarimkatalog
Mustalahul hadis

Mustalahul hadis

«Mustalahul hadis» shunday ilmki, unda hadisni qabul qilish yoki rad etish uchun matn va sanadning ahvollarini tekshirishni o'rgatadigan qoida va usullar o'rganiladi». «Mustalahul hadis» ilmi bir necha usul va qoidalarni o'rgatadigan ilmdir. Ana shu usul va qoidalarni o'rgangan odam hadisning matnini, sanadini va ularning ahvollarini o'rganish imkoniga ega bo'ladi. Ma'lum hadisning sanadida nima gap bor? U qabulga yaraydimi yoki yaramaydimi? Yarasa, qaysi darajada yaraydi? O'sha hadisning matnida nima gaplar bor? U yaroqlimi yoki yaroqsizmi? Yaroqli bo'lsa, nima uchun yaroqli? Xatosi yoki nuqsoni bo'lsa, nima uchun xatoli yoki nuqsonli? Qisqasi, ushbu ilmda «Bu hadisni qabul qilamiz yoki qabul qilmaymiz» deya olishga yetadigan narsalar, usul va qoidalar o'rganiladi. «Mustalahul hadis» ilmida har bir hadisni qabul qilish yoki qilmaslik haqida hukm chiqarishdan oldin uning sanadi, ya'ni hadisni rivoyat qiluvchi shaxslar birma-bir o'rganib chiqiladi. Ularning rivoyatlarining turlari, rivoyatlar uzilmay kelganmi yoki uzilib qolganmi, qaysi lafzlar bilan rivoyat qilingan va shunga o'xshash ko'p jihatlari o'rganiladi. Hadisning sanadi o'rganib bo'linganidan so'ng, uning matnini ham o'rganish boshlanadi. Undagi nuqsonlar ham o'ziga yarasha qoidalar asosida axtariladi. Olib borilgan izlanishlar natijasiga qarab, hadisni qabul qilish yoki qilmaslik haqida hukm chiqariladi. Bu ilmning foydasi hadislarning sahihini sahih emaslaridan ajratib berishdir. Ma'lumki, hadis diyniy hujjat sifatida Qur'ondan keyin ikkinchi o'rinda turadigan manba'dir. Ammo bu saviyadagi dalil bo'lishi uchun hadis ma'lum darajada kuchli bo'lishi shart. Turli sabablarga ko'ra, hadislar aralash bo'lib ketgan. Ularning sahihlarini, hujjat va dalil bo'lish kuchiga egalarini va sahih emaslarini ajratish uchun alohida ilm zarur bo'ladi. Ana shu ilm «Mustalahul hadis» ilmidir. Aynan shu ilm asosida ulamolarimiz qadimda hadislarni saralab chiqqanlar. Hozirda esa ularning qilgan ishlarini qayta ko'rib chiqish uchun emas, balki tushunib yetish uchun «Mustalahul hadis» ilmi o'rganiladi.

Kitob haqida

Nashriyot
Hilol-nashr
Nashr yili
2021
Asl tili
O'zbek tili

384 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 20 kunda tugatasiz.

Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqing
Telegramda ulashish

Kitobni qayerdan topish mumkin

Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:

Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlang

Taqrizlar

Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.

Kitoblarim oʻquvchilari

Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Keyingi oʻqish uchun

Yana bilmoqchimisiz?

Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.

AIʼdan batafsil soʻrash