Hilol-nashr · 2024
- ISBN:
- 9789910987044
- Sahifalar:
- 504

Bir kuni Qo'qon tarafdan bir guruh kitobsevar ziyoratchilar kelishdi. Ularga o'xshash odamlar bilan suhbatlashish insonning ruhini ko'taradi. Kitob o'qishning o'zi kishiga qanchalik zavq bersa, u haqda suhbatlashish ham shunchalik zavq baxsh etadi. Mazkur ziyoratchilar bilan bo'lib o'tgan serzavq, mazmunli suhbat davomida ulardan biri quyidagilarni aytdi: «Qur'on fazilatlari» kitobingiz uchun alohida tashakkur aytamiz. Bu kitobni o'qish orqali ko'p narsani bilib oldik. Eng muhimi, o'zimiz qanday kitobning ummati ekanimizni anglab yetdik va bu bilan faxrlandik…» Bu oddiy o'quvchining gaplari menga qattiq ta'sir qildi. Yaxshi niyat bilan qilingan ishning ijobiy natijasini ko'rish, u haqda eshitish har qanday kishiga quvonch baxsh etadi. O'sha kezda men ham mana shunday hisni tuydim, lekin shu bilan birga, bu narsa kaminaga bajarilishi lozim bo'lgan ishlarni yana ham jiddiyroq tarzda ado etib borish zarurligi mas'uliyatini yukladi. Binobarin, hadis ilmlariga oid “Mustalahul-hadis” kitobini yozib bitirgandan so'ng «Ulumi Qur'on» bo'yicha ham bu ilmning asoslari va qoidalariga amal qilgan holda alohida kitob bitishga azmu qaror paydo bo'ldi. Qo'limizda mavjud bo'lgan manbalardan foydalanib, bir kitob ta'lif qilishga ojizona qo'l urdik. Alloh taolo barcha ishlarimiz qatori, bu ishga ham O'zi yordamchi bo'lsin! Zotan, U Zotdan o'zga yordamchi yo'q! U Zot qanday ham yaxshi Xoja va qanday ham yaxshi Yordamchi! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf MUNDARIJA Kirish BIRINCHI QISM «Ulumi Qur'on»ning ta'rifi «Ulumi Qur'on»ning ahamiyati «Ulumi Qur'on»ning tarixi Vahiy Vahiyning turlari Vahiyning darajalari Hadis, hadisi qudsiy va Qur'on Qur'oni karimning ta'rifi Qur'onning ismlari Qur'onning nozil bo'lishi Qur'on vahiysining boshlanishi Muhammad sollallohu alayhi vasallam va vahiy Qur'oniy vahiy holati Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Qur'on Vahiyni tushunib yetmaslik Qur'oni karimning tarqoq nozil bo'lishi hikmatlari Qur'oni karimdagi ilk va so'nggi nozil bo'lgan oyatlar Ilk nozil bo'lgan oyatlar So'nggi nozil bo'lgan oyat Qur'oni karim oyatlarining makkiy va madaniyga taqsimlanishi Makki va madaniy oyatlarning ta'rifi Makkiy va madaniy oyatlarni bilishga eltuvchi yo'l Makkiy va madaniy oyatlarning alomatlari «Sababi nuzul» ilmi Sababi nuzulni bilish yo'li Sababi nuzulning ifoda turlari Sabab bir nechta, nozil bo'lgan narsa bitta bo'lishi Sabab bitta, nozil bo'lgan oyatlar bir nechta bo'lishi Qur'oni karim e'jozi Qur'onning arablarni bellashuvga chorlashi Qur'oni karimning bayoniy e'jozi Qur'oni karimning ilmiy e'jozi IKKINCHI QISM Qur'oni karimning jamlanishi Qur'oni karimning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida qalblarda jamlanishi Qur'oni karimning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida sahifalarda jamlanishi Qur'oni karimning hazrati Abu Bakr davrlaridagi jamlanishi Qur'oni karimning hazrati Usmon davrlaridagi jamlanishi Usmoniy Mus'haflar haqida Oyat va suralarning tartibi Qur'onning yetti harfda nozil bo'lishi Rasmi Usmoniyning takomillashuvi UCHINCHI QISM Qur'oni karimda nasx Nasx qilinadigan hukmlarning turlari Nasxning hikmatlari Nasx bilan xoslash orasidagi farq Nasxning o'rinlari Qur'onning Qur'on bilan nasx bo'lishining qismlari Qur'oni karimda muhkam va mutashobih “Muhkam” va “Mutashobih” ulamolar istilohida Mutashobihning qismlari Suralarning avvalidagi harflar va mutashobih sifatlar Suralarning avvalidagi harflar Alloh taboraka va taoloning mutashobih sifatlari Mutashobih sifatlar bo'yicha salaf va xalaflarning tutgan yo'llari Mutashobih sifatlar va salaflar Mutashobih sifatlar va xalaflar Xulosalar Mutashobih sifatlarga oid oyatlardan namunalar Mutashobih sifatlardan namunalar Ulamolarning mutashobihga munosabatlari to'g'risidagi xulosa TO'RTINCHI QISM Qiroatlar va qorilar Qiroatlarning manbasi Tafsir va mufassirlar Movarounnahrda tafsir ilmi Yangi tafsirlar Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi Manbalar ro'yxati Ko'proq ko'rish
504 bet. Kuniga 20 daqiqa oʻqisangiz, taxminan 26 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangBu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Hilol-nashr · 2024

Hilol-nashr · 2021

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

2020
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf