
Buyuklarning bolaligi
Bolalik haqida so'z ketganda beixtiyor betakror shoir Sergey Yeseninning: “Bolalikdan ma'lum har odam, Bola boshdan degan gap, to'g'ri...” deya boshlanuvchi mashhur she'ri yodga tushadi. Buyuklik hech qachon osmondan tushmagan. O'zi hali chinakkam ko'makka muhtoj, ammo olamga hayrat ila boqayotgan murg'ak vujud bag'rida o'sadi, ulg'ayadi. Keyinchalik buni odamlar e'tirof etadi. Har bir insonning bolaligi, deylik oddiy etikdo'z yoki novvoyning katta hayot sari tashlagan qadamlarining o'zi ham alohida bir kitob. Ammo buyuk zotlarning bolaligi qanday o'tgan, degan savol ham borki, u ko'pchilikni – ota-onalarni ham, bolalarni ham, ularga saboq berayotgan ustozlarni ham birdek qiziqtiradi. Taniqli shoir, jurnalist Faxriddin Sodiqning sa'y-harakati bilan yuqoridagi savolga javob o'laroq “Buyuklarning bolaligi” nomli kitob dunyoga keldi. Tuzuvchi va tarjimon Faxriddin Sodiq so'zboshida shunday yozadi: “Qadrli kitobxon, hurmatli kattalar! Bu kitob orqali buyuklarning bolaligi, ularning ota-onasi kim va qanday odam bo'lgani haqida bilib olasiz. Bu o'zingiz uchun va farzandingiz tarbiyasi uchun – muhim. Buyuklarning bolaligidagi misollar orqali tarbiyada bolaga nisbatan qanday munosabatda bo'lish (yoki aksincha) lozimligi haqida o'ylab qolasiz. Bu kitob mutolaasi tufayli buyuklar bolaligida qanday bo'lganini, shuningdek, ularning hayotiga oid muhim va qiziqarli ma'lumotlarni bilasiz, bu – farzandingizga nisbatan o'zgacha e'tiboringiz uchun muhim. Kitob kelajakdagi buyuklardan birini aynan siz tarbiyalab, voyaga yetkaza olishingiz mumkinligini sizga eslatadi...”. Tanga ruhiy quvvat beradigan, yuksak parvozga qanot bo'ladigan ushbu kitobni topib, albatta, o'qing.
Kitob haqida
- Nashriyot
- Info Capital Group
- Nashr yili
- 2025
440 bet. Kuniga 20 bet oʻqisangiz, taxminan 22 kunda tugatasiz.
Bu kitobni Telegramda oxirigacha oʻqingKitobni qayerdan topish mumkin
Kitoblarim — kitoblar katalogi: kitobning oʻzi yoki PDF nusxasi bu yerda yoʻq. Bosma yoki elektron nusxasini shu doʻkonlardan izlang:
Keyinroq oʻqish uchun Telegramda saqlangTaqrizlar
Bu kitobga hali taqriz yozilmagan.
Kitoblarim oʻquvchilari
Bu kitobni Kitoblarim oʻquvchilari hali baholamagan. Oʻqigan boʻlsangiz, birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Keyingi oʻqish uchun

Dunyo daholari: Stiv Jobs - Kompyuterga jon bergan odam
2024

Dunyo daholari: Albert Eynshteyn - Serqirra daho
2024

Dunyo daholari: Muhammad Ali - Barcha davrlarning eng buyuk bokschisi
2024

Dunyo daholari: Leonardo da Vinchi - Zamonasidan ilgarilab ketgan aql sohibi
2024

Jeyms kichik-Xyuz: Oila Boyligi
2025

BTS: Биография популярной корейской группы
2019

Трамп на кушетке. Что на самом деле в голове у президента
Джастин Франк · 2019

Burger King. Как построить империю
Джим МакЛамор · 2021
Yana bilmoqchimisiz?
Sunʼiy intellekt bu haqda kengroq maʼlumot beradi. Javob yangi oynada ochiladi, bu sahifa ochiq qoladi.
AIʼdan batafsil soʻrash