Kitoblarimcatalogue
Back to books
Buyuklarning bolaligi
Translation

Buyuklarning bolaligi

Bolalik haqida so'z ketganda beixtiyor betakror shoir Sergey Yeseninning: “Bolalikdan ma'lum har odam, Bola boshdan degan gap, to'g'ri...” deya boshlanuvchi mashhur she'ri yodga tushadi. Buyuklik hech qachon osmondan tushmagan. O'zi hali chinakkam ko'makka muhtoj, ammo olamga hayrat ila boqayotgan murg'ak vujud bag'rida o'sadi, ulg'ayadi. Keyinchalik buni odamlar e'tirof etadi. Har bir insonning bolaligi, deylik oddiy etikdo'z yoki novvoyning katta hayot sari tashlagan qadamlarining o'zi ham alohida bir kitob. Ammo buyuk zotlarning bolaligi qanday o'tgan, degan savol ham borki, u ko'pchilikni – ota-onalarni ham, bolalarni ham, ularga saboq berayotgan ustozlarni ham birdek qiziqtiradi. Taniqli shoir, jurnalist Faxriddin Sodiqning sa'y-harakati bilan yuqoridagi savolga javob o'laroq “Buyuklarning bolaligi” nomli kitob dunyoga keldi. Tuzuvchi va tarjimon Faxriddin Sodiq so'zboshida shunday yozadi: “Qadrli kitobxon, hurmatli kattalar! Bu kitob orqali buyuklarning bolaligi, ularning ota-onasi kim va qanday odam bo'lgani haqida bilib olasiz. Bu o'zingiz uchun va farzandingiz tarbiyasi uchun – muhim. Buyuklarning bolaligidagi misollar orqali tarbiyada bolaga nisbatan qanday munosabatda bo'lish (yoki aksincha) lozimligi haqida o'ylab qolasiz. Bu kitob mutolaasi tufayli buyuklar bolaligida qanday bo'lganini, shuningdek, ularning hayotiga oid muhim va qiziqarli ma'lumotlarni bilasiz, bu – farzandingizga nisbatan o'zgacha e'tiboringiz uchun muhim. Kitob kelajakdagi buyuklardan birini aynan siz tarbiyalab, voyaga yetkaza olishingiz mumkinligini sizga eslatadi...”. Tanga ruhiy quvvat beradigan, yuksak parvozga qanot bo'ladigan ushbu kitobni topib, albatta, o'qing.

Book details

Publication year
2025

440 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 22 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more