Kitoblarimкаталог
Kifoya

Kifoya

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Kifoya” deb nomlangan uch jildlik kitoblari. Ushbu 3 jildlik mujalladning to'liq nomi «Kifoya sharhi Muxtasari Viqoya»dir, ya'ni u diyorimizda mashhur bo'lgan «Muxtasari Viqoya»ning tarjima va sharhidir. «Muxtasari Viqoya»ning asl nomi “Niqoya” bo'lib, uning muallifi hijriy 747 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariy'a Ubaydulloh ibn Mas'ud al-Buxoriydir. Ubaydulloh ibn Mas'ud bu kitobni bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariy'aning «Viqoyatur Rivoya fiy masailil Hidoya» nomli kitobini muxtasar qilish – qisqartish ila yuzaga keltirgan, biroq ahli ilmlar va xalqimiz orasida «Muxtasari Viqoya» nomi ila mashhur bo'lib ketgan. «Muxtasari Viqoya» hanafiy mazhabidagi eng mo'tabar kitoblardan biri hisoblanadi. Zero u hanafiy mazhabdagi asosiy e'timodga sazovor bo'lgan to'rt matndan biri bo'lmish “Viqoya” kitobining muxtasaridir. Ulamolar va tolibi ilmlar bu kitobni qadimdan e'zozlab keladilar. “Kifoya” ning birinchi juzi “Poklik” va “Namoz” kitoblaridan iboratdir. Shuningdek ushbu kitobdan fiqh ilmining ta'rifi, tarixi, manbalari va ahamiyati haqida, fiqhiy mazhablar va ular o'rtasidagi far'iy ixtiloflar haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan.

О книге

Издательство
Hilol-nashr
Год издания
2021
Язык оригинала
O'zbek tili

1808 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 91 день.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ