
Kifoya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Kifoya” deb nomlangan uch jildlik kitoblari. Ushbu 3 jildlik mujalladning to'liq nomi «Kifoya sharhi Muxtasari Viqoya»dir, ya'ni u diyorimizda mashhur bo'lgan «Muxtasari Viqoya»ning tarjima va sharhidir. «Muxtasari Viqoya»ning asl nomi “Niqoya” bo'lib, uning muallifi hijriy 747 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariy'a Ubaydulloh ibn Mas'ud al-Buxoriydir. Ubaydulloh ibn Mas'ud bu kitobni bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariy'aning «Viqoyatur Rivoya fiy masailil Hidoya» nomli kitobini muxtasar qilish – qisqartish ila yuzaga keltirgan, biroq ahli ilmlar va xalqimiz orasida «Muxtasari Viqoya» nomi ila mashhur bo'lib ketgan. «Muxtasari Viqoya» hanafiy mazhabidagi eng mo'tabar kitoblardan biri hisoblanadi. Zero u hanafiy mazhabdagi asosiy e'timodga sazovor bo'lgan to'rt matndan biri bo'lmish “Viqoya” kitobining muxtasaridir. Ulamolar va tolibi ilmlar bu kitobni qadimdan e'zozlab keladilar. “Kifoya” ning birinchi juzi “Poklik” va “Namoz” kitoblaridan iboratdir. Shuningdek ushbu kitobdan fiqh ilmining ta'rifi, tarixi, manbalari va ahamiyati haqida, fiqhiy mazhablar va ular o'rtasidagi far'iy ixtiloflar haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan.
Book details
- Publisher
- Hilol-nashr
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
1808 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 91 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Mo'minning najoti – mufassal zakot kitobi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Mo'minning qalqoni
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2021

Islom tarixi (1-2 kitoblar)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2022

Faqih imomlar ixtilofida Hadisi Sharifning o'rni
Shayx Muhammad Avvoma · 2018
Qu'roni Karim ma'nolar tarjimasi: Hilolnashr
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Xislatli hikmatlar sharhi (to'plam)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Odoblar xazinasi (to'plam)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Kifoya: To'plam (1-2-3-kitoblar )
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more