Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Qur'oni Azim tafsiri (1-5 jild)

Qur'oni Azim tafsiri (1-5 jild)

«Qur'oni Azim tafsiri» Ilk bora kitob holida chop etilgan Qur'oni Karimning o'zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi muallifi Shayx Alouddin Mansur tomonidan yozilgan ushbu tafsir tilining ravonligi bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgan. Muallif kitob muqaddimasida "Qur'oni Karim ma'nolarini arabchadan boshqa tillarga tarjima qilish va o'zga xalqlarni ham Olloh taolo so'zining mazmunidan bahramand qilish shariati Islomiyya tarafidan buyurilgan ishlardan hisoblanadi", deya ta'kidlaydi. Aziz o'quvchi! Mana qo'lingizda Qur'oni Karimning ma'no tarjimasi turibdi. Ushbu Ulug' Kitobni chuqur diqqat-e'tibor bilan o'qisak, bu Ilohiy Mo'jiza go'yo bundan o'n to'rt asr ilgari emas, balki, hozir o'zimizga tushirilganday – har bir so'zi hayotimizni haqiqiy inson bo'lib yashab o'tishimiz uchun o'ta zarur so'z ekanini payqaymiz. Zotan bu so'z barcha olamlarning Egasi, mangu barhayot Olloh taoloning hech qachon o'lmaydigan so'zidir. Men – bandai ojiz ushbu Ulug' so'z ma'nolarini Siz azizlarga yetkazmoqchi bo'ldim. Agar to'g'ri yetkaza olgan bo'lsam, bu Yolg'iz Yaratganning marhamatidan, o'tib ketgan xatolari bo'lsa, bu mening nuqsonlarimdir. Men Olloh taolodan ushbu Kitobni o'qigan har bir insonni O'zining haq yo'liga hidoyat qilishini so'rayman hamda sizlardan Kitobni o'qib, Kalomulloh ma'nolari bilan oshno bo'lgan soatlaringizda, agar yodingizga kelsa menda Qur'oni Karimga ilk muhabbat uyg'otgan ustozi avvallarim bo'lgan marhum Ota va Onamning haqlariga duoyi xayr qilishlaringizdan umidvor bo'lib qolaman. SHAYX ALOUDDIN MANSUR Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Munir
Год издания
2023
Язык оригинала
O'zbek tili
Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше