Kitoblarimcatalogue
Back to books
Qur'oni Azim tafsiri (1-5 jild)

Qur'oni Azim tafsiri (1-5 jild)

«Qur'oni Azim tafsiri» Ilk bora kitob holida chop etilgan Qur'oni Karimning o'zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi muallifi Shayx Alouddin Mansur tomonidan yozilgan ushbu tafsir tilining ravonligi bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgan. Muallif kitob muqaddimasida "Qur'oni Karim ma'nolarini arabchadan boshqa tillarga tarjima qilish va o'zga xalqlarni ham Olloh taolo so'zining mazmunidan bahramand qilish shariati Islomiyya tarafidan buyurilgan ishlardan hisoblanadi", deya ta'kidlaydi. Aziz o'quvchi! Mana qo'lingizda Qur'oni Karimning ma'no tarjimasi turibdi. Ushbu Ulug' Kitobni chuqur diqqat-e'tibor bilan o'qisak, bu Ilohiy Mo'jiza go'yo bundan o'n to'rt asr ilgari emas, balki, hozir o'zimizga tushirilganday – har bir so'zi hayotimizni haqiqiy inson bo'lib yashab o'tishimiz uchun o'ta zarur so'z ekanini payqaymiz. Zotan bu so'z barcha olamlarning Egasi, mangu barhayot Olloh taoloning hech qachon o'lmaydigan so'zidir. Men – bandai ojiz ushbu Ulug' so'z ma'nolarini Siz azizlarga yetkazmoqchi bo'ldim. Agar to'g'ri yetkaza olgan bo'lsam, bu Yolg'iz Yaratganning marhamatidan, o'tib ketgan xatolari bo'lsa, bu mening nuqsonlarimdir. Men Olloh taolodan ushbu Kitobni o'qigan har bir insonni O'zining haq yo'liga hidoyat qilishini so'rayman hamda sizlardan Kitobni o'qib, Kalomulloh ma'nolari bilan oshno bo'lgan soatlaringizda, agar yodingizga kelsa menda Qur'oni Karimga ilk muhabbat uyg'otgan ustozi avvallarim bo'lgan marhum Ota va Onamning haqlariga duoyi xayr qilishlaringizdan umidvor bo'lib qolaman. SHAYX ALOUDDIN MANSUR

Book details

Publisher
Munir
Publication year
2023
Original language
O'zbek tili
Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more