
Ko'rlik
Joze Saramago — portugaliyalik yozuvchi, 1998-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovar bo'lgan. U o'z asarlarida falsafa, din, siyosat va hayotning mohiyatini o'ziga xos uslubda tasvirlaydi. Uning yozish uslubida uzun jumlalar, nuqtali-vergul ko'p ishlatish va ko'pincha qo'shtirmoqli dialoglar bilan ajralib turadi ("Ko'rlik" romanida ham barcha diologlar qo'shtirnoq ichida yozilgan). “Ko'rlik” (asl nomi: Ensaio sobre a cegueira) romani 1995-yilda yozilgan. Asar yozilishiga sabab sifatida yozuvchining insoniyatning axloqiy ko'r bo'lib qolayotganiga bo'lgan xavotiri sabab bo'lgan. U bu asar orqali jamiyat inqirozi va insoniy qadriyatlarning yo'qolib borishini tasvirlamoqchi bo'lgan. Saramago asar yozilganidan keyin shunday degan ekan: “Agar siz ko'r bo'lsangiz, bu sizning ko'zingizda muammo bor degani emas. Bu qalbingizda, ongigizda va vijdoningizda ko'rlik borligini anglatadi.” Asar mazmuni “Ko'rlik” – noma'lum shaharda sodir bo'lgan g'ayritabiiy ko'r bo'lib qolish epidemiyasi haqida. Kasallik virus kabi tarqaladi va butun jamiyat tartibsizlikka yuz tutadi. Bu ko'rlik zulmatli ko'rlik emas aksincha, sutdek oppoq ko'rlik haqida. Epidemiya natijasida odamlar axloqiy qiyofasini yo'qotadi, hamma joyda xaos kuzatiladi, zo'ravonlik va hayvoniy instinktlar ustunlik qiladi. Asar markazida faqat ko'r bo'lmagan yagona inson – bir ayol turadi. U boshqalarga yordam beradi, lekin eng qiyin sinov, asliyatini, insoniyligini hamda o'zligini yo'qotmaslikdir. Kitob haqida qiziqarli faktlar Roman aniutopiya janrda yozilgan, lekin unda shahar, qahramonlar nomi keltirilmaydi — bu insoniyatni umumiy holda ko'rsatish uchun qilingan. 2008-yilda ushbu roman asosida rejissyor Fernando Meirelles tomonidan "Blindness" filmi suratga olingan. Bosh rollarda Julianne Moore va Mark Ruffalo ishtirok etgan (faqat kitobni o'qib so'ng ko'rishni tavsiya qilaman). Kitob portugalliklar orasida eng ko'p o'qilgan asarlardan biri hisoblanadi va ko'plab tillarga tarjima qilingan. Asarda faqat bir ayolning ko'r bo'lmasligi bu – umid, iroda va insoniylik timsolidir. Tarjimon: Shahzod Shodmon, Go'zal Ro'ziyeva
О книге
- Издательство
- Inson
- Год издания
- 2025
396 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 20 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.
Что почитать дальше

Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari
Ato Hamdam, Leonid Chigrin · 2023

Jannat
Abdurazzoq Gurna · 2024

Yashamoq
Yuy Xua · 2024

Yonayotgan Buxoro
Yavuz Bahodiro'g'li · 2025

Jose Saramago: Körlük
Joze Saramago · 2025

Archangel (used)
Robert Harris · 1999

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Cry Wolf
Wilbur Smith · 1998
Хотите узнать больше?
Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.
Подробнее у ИИ