Kitoblarimcatalogue
Ko'rlik
Literary translation

Ko'rlik

Joze Saramago — portugaliyalik yozuvchi, 1998-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovar bo'lgan. U o'z asarlarida falsafa, din, siyosat va hayotning mohiyatini o'ziga xos uslubda tasvirlaydi. Uning yozish uslubida uzun jumlalar, nuqtali-vergul ko'p ishlatish va ko'pincha qo'shtirmoqli dialoglar bilan ajralib turadi ("Ko'rlik" romanida ham barcha diologlar qo'shtirnoq ichida yozilgan). “Ko'rlik” (asl nomi: Ensaio sobre a cegueira) romani 1995-yilda yozilgan. Asar yozilishiga sabab sifatida yozuvchining insoniyatning axloqiy ko'r bo'lib qolayotganiga bo'lgan xavotiri sabab bo'lgan. U bu asar orqali jamiyat inqirozi va insoniy qadriyatlarning yo'qolib borishini tasvirlamoqchi bo'lgan. Saramago asar yozilganidan keyin shunday degan ekan: “Agar siz ko'r bo'lsangiz, bu sizning ko'zingizda muammo bor degani emas. Bu qalbingizda, ongigizda va vijdoningizda ko'rlik borligini anglatadi.” Asar mazmuni “Ko'rlik” – noma'lum shaharda sodir bo'lgan g'ayritabiiy ko'r bo'lib qolish epidemiyasi haqida. Kasallik virus kabi tarqaladi va butun jamiyat tartibsizlikka yuz tutadi. Bu ko'rlik zulmatli ko'rlik emas aksincha, sutdek oppoq ko'rlik haqida. Epidemiya natijasida odamlar axloqiy qiyofasini yo'qotadi, hamma joyda xaos kuzatiladi, zo'ravonlik va hayvoniy instinktlar ustunlik qiladi. Asar markazida faqat ko'r bo'lmagan yagona inson – bir ayol turadi. U boshqalarga yordam beradi, lekin eng qiyin sinov, asliyatini, insoniyligini hamda o'zligini yo'qotmaslikdir. Kitob haqida qiziqarli faktlar Roman aniutopiya janrda yozilgan, lekin unda shahar, qahramonlar nomi keltirilmaydi — bu insoniyatni umumiy holda ko'rsatish uchun qilingan. 2008-yilda ushbu roman asosida rejissyor Fernando Meirelles tomonidan "Blindness" filmi suratga olingan. Bosh rollarda Julianne Moore va Mark Ruffalo ishtirok etgan (faqat kitobni o'qib so'ng ko'rishni tavsiya qilaman). Kitob portugalliklar orasida eng ko'p o'qilgan asarlardan biri hisoblanadi va ko'plab tillarga tarjima qilingan. Asarda faqat bir ayolning ko'r bo'lmasligi bu – umid, iroda va insoniylik timsolidir. Tarjimon: Shahzod Shodmon, Go'zal Ro'ziyeva Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Inson
Publication year
2025

396 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 20 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next