Kitoblarimкаталог
Ramazon sog'inchi

Ramazon sog'inchi

Albatta, hech bir kishiga sir emaski, mohi Ramazoni sharifni har bir mo'min-musulmon kishi qalbida o'zgacha intiqlik, sog'inch va talpinish bilan kutadi. Bu oyda Alloh taolo ko'plab rahmat va barakotlarini nozil qiladi. Barcha insonlar bu oyda har doimgidan o'zgacha, ajib bir kayfiyatda, ruhiyatda bo'ladilar. Robbimiz Alloh subhonahu va taoloning fazlu marhamati bilan so'nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohani rivojlantirishga yanada kengroq yo'l ochilgani, qolaversa, ixlosli xalqimizning muqaddas dinimiz ahkomlarini o'rganishga ko'proq intilishi barobarida, asta-sekinlik bilan qariyb unutilayozgan diniy qadriyatlarimiz yana qadr topa boshladi. Yurtdoshlarimiz dinimizning eng muhim ruknlaridan bo'lgan namoznigina emas, endilikda zakot, ro'za va haj masalalarini ham vatanimizdagi ilm ahllari tarafidan taqdim etilayotgan asarlar orqali o'qib-o'rganayotirlar. Shu bilan bir qatorda qilinayotgan ibodatlarning ruhiyatimizga ta'siri alohida ahamiyatga ega. Chunki dinimiz hukmlarini ixlos va bardavomlik ila bajarish yuksak ma'naviyat va barkamol xulq egasi bo'lishda benihoya ahamiyatlidir. Muborak Ramazon oyining har bir mo'min-musulmon shaxs qalbida alohida va o'zgacha o'rni, hurmati bor. Bu oy bizni ruhan va qalban birlashtiradigan rahmat va mag'firat oyidir. Ro'zaning shar'iy va tibbiy hikmatlari haqida ko'p bora gapirilgan. Bu haqida ma'lumotlar bayon etilgan alohida kitoblar ham bor. Ammo hukmingizga havola etilayotgan mazkur mo'jaz risolada asosiy e'tibor bular haqida emas. Risola butunlay boshqa yo'nalishda yozilgan. Unda mualliflar aynan Ramazon oyi ichida turib, qalblari va ruhiyatlarini bu muborak oyning shukuhi egallab turganida xotirlaridan o'tgan qalb kechinmalarini bayon etganlar. Shu bilan birga, risolada Ramazoni sharif boshqa insonlar bilan bo'lgan munosabatlarimizni tiklash va mustahkamlashimiz uchun bebaho g'animat palla ekani, ko'pchiligimiz g'aflatda qolayotgan eng muhim amallar haqida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, har bir mo'min-musulmon uchun yanada foydali bo'lishi maqsadida, kitobcha so'ngida Ramazon oyi va ro'zaga tegishli eng muhim masalalar savol-javob ko'rinishida taqdim etildi. Bir so'z bilan aytganda, risolani Ramazon ruhiyati, axloqi va amallarini yorituvchi kichik qo'llanma, esdalik bo'lishi niyat qilindi.

О книге

Издательство
Hilol-nashr
Год издания
2021
Язык оригинала
O'zbek tili

192 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 10 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ