
Ramazon sog'inchi
Albatta, hech bir kishiga sir emaski, mohi Ramazoni sharifni har bir mo'min-musulmon kishi qalbida o'zgacha intiqlik, sog'inch va talpinish bilan kutadi. Bu oyda Alloh taolo ko'plab rahmat va barakotlarini nozil qiladi. Barcha insonlar bu oyda har doimgidan o'zgacha, ajib bir kayfiyatda, ruhiyatda bo'ladilar. Robbimiz Alloh subhonahu va taoloning fazlu marhamati bilan so'nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohani rivojlantirishga yanada kengroq yo'l ochilgani, qolaversa, ixlosli xalqimizning muqaddas dinimiz ahkomlarini o'rganishga ko'proq intilishi barobarida, asta-sekinlik bilan qariyb unutilayozgan diniy qadriyatlarimiz yana qadr topa boshladi. Yurtdoshlarimiz dinimizning eng muhim ruknlaridan bo'lgan namoznigina emas, endilikda zakot, ro'za va haj masalalarini ham vatanimizdagi ilm ahllari tarafidan taqdim etilayotgan asarlar orqali o'qib-o'rganayotirlar. Shu bilan bir qatorda qilinayotgan ibodatlarning ruhiyatimizga ta'siri alohida ahamiyatga ega. Chunki dinimiz hukmlarini ixlos va bardavomlik ila bajarish yuksak ma'naviyat va barkamol xulq egasi bo'lishda benihoya ahamiyatlidir. Muborak Ramazon oyining har bir mo'min-musulmon shaxs qalbida alohida va o'zgacha o'rni, hurmati bor. Bu oy bizni ruhan va qalban birlashtiradigan rahmat va mag'firat oyidir. Ro'zaning shar'iy va tibbiy hikmatlari haqida ko'p bora gapirilgan. Bu haqida ma'lumotlar bayon etilgan alohida kitoblar ham bor. Ammo hukmingizga havola etilayotgan mazkur mo'jaz risolada asosiy e'tibor bular haqida emas. Risola butunlay boshqa yo'nalishda yozilgan. Unda mualliflar aynan Ramazon oyi ichida turib, qalblari va ruhiyatlarini bu muborak oyning shukuhi egallab turganida xotirlaridan o'tgan qalb kechinmalarini bayon etganlar. Shu bilan birga, risolada Ramazoni sharif boshqa insonlar bilan bo'lgan munosabatlarimizni tiklash va mustahkamlashimiz uchun bebaho g'animat palla ekani, ko'pchiligimiz g'aflatda qolayotgan eng muhim amallar haqida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, har bir mo'min-musulmon uchun yanada foydali bo'lishi maqsadida, kitobcha so'ngida Ramazon oyi va ro'zaga tegishli eng muhim masalalar savol-javob ko'rinishida taqdim etildi. Bir so'z bilan aytganda, risolani Ramazon ruhiyati, axloqi va amallarini yorituvchi kichik qo'llanma, esdalik bo'lishi niyat qilindi. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Hilol-nashr
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
192 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 10 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Ramazon Kundaligi
2023

Ramazonni qanday o'tkazamiz?
Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy · 2024
Labbay, Allohim, labbay! (Umra safaridagi hamrohingiz)
G'iyosiddin Habibulloh, Xudoyqul Egamberdi o'g'li · 2023

История Рашиди
Мирза Мухаммад Хайдар · 2016

Davomli Salovatlar (Daloilul xayrot)
2018

Как держать пост Рамадан с успехом?
Миродил Хайдаров · 2023

Muxammadbobur Muxiddinov: Jannat ahli va jannat amallari
Ziyovuddin Rahim · 2024

Naqshbandiya: vazifalar, zikrlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf · 2025