Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv

Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv

Har bir insonda taqdirini o'zgartirib yuboruvchi va kelgusi hayot yo'lini belgilab beruvchi uchrashuvlar bo'ladi. Otabek Mahkamovning omadi shundaki, uning umr yo'lida butunboshli kitobga jamlasa bo'ladigan ko'plab ana shunday uchrashuvlar yuz bergan. Uning yuristlik va o'qituvchilikdan tortib aktyorlik, jurnalistik, teleboshlovchilik, blogerlik hamda motivator notiqlikka qadar bo'lgan yorqin kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, buning ajablanadigan joyi yo'q. Ushbu kitob qahramonlari orasida Hillari Klinton, Gordon Ramzi, Antonio Banderas, Devid Kopperfild, Enrike Iglesias, Farrux Zokirov, Daniel Redkliff kabi mashhur insonlar hamda dunyo miqyosidagi yulduz bo'lmasa-da, ko'pchilikka taniqli shaxslar bor. Otabek Mahkamov ilk daqiqalardanoq suhbatdoshining e'tiborini jalb etish, uning yangi, ba'zan kutilmagan jihatlarini ochib berish qobiliyatiga ega. Shu boisdan mazkur kitobda jamlangan tasodif bo'lmagan har bir uchrashuvning o'ziga xos qiziqarli tarixi bor. Nihoyat, kitob samimiyat bilan yozilgan. U hayot, uning darslar, quvonchlari, fojialari, yo'qotishlari va g'alabalari haqida. Undan barcha zamon va xalqlarga xos hazil-mutoyiba, teran mulohazalar, o'tkir mushohadalar, tarixiy misollar hamda hikmatli so'zlar ham o'rin olgan. Mazkur kitob birinchi nashrda uch tilda - o'zbek, rus va ingliz tillarida bosib chiqarilgan edi. Ushbu yangi nashr esa faqatgina o'zbek va ingliz tillarida chop etildi. Buning sababi shundaki, muallif e'tiborini aynan o'zbekzabon yoshlarga qaratishni, o'zbek yoshlariga ko'plab davlatlarga borib, taniqli insonlar bilan ko'rishib suhbatda bo'lish aql bovar qilmas ish emasligini, bu ularning xam qo'lidan kelishi mumkinligini ko'rsatib berishni maqsad qilgan. Undan tashqari, bu orqali milliy kontent boyiydi, o'zbek tili nufuzi va mavqei yanada oshadi. Muallif ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablag'ning bir qismini O'zbekistondagi og'ir kasalliklarga chalingan va dori-darmonga moddiy imkoni bo'lmagan bolalarni davolash uchun ajratishni rejalashtirgan. Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2024
Язык оригинала
O'zbek tili

680 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 34 дня.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Издания (2)

Asaxiy · 2024

ISBN:
9789943719576
Язык:
O'zbek tili, Ingliz tili
Письменность:
Kirill
Страниц:
680
Переплёт:
Fleksibl
Формат:
A5

Asaxiy

ISBN:
9789910881510
Страниц:
680

Что почитать дальше