
Asaxiy · 2024
- ISBN:
- 9789943719576
- Language:
- O'zbek tili, Ingliz tili
- Script:
- Kirill
- Pages:
- 680
- Binding:
- Fleksibl
- Format:
- A5

Har bir insonda taqdirini o'zgartirib yuboruvchi va kelgusi hayot yo'lini belgilab beruvchi uchrashuvlar bo'ladi. Otabek Mahkamovning omadi shundaki, uning umr yo'lida butunboshli kitobga jamlasa bo'ladigan ko'plab ana shunday uchrashuvlar yuz bergan. Uning yuristlik va o'qituvchilikdan tortib aktyorlik, jurnalistik, teleboshlovchilik, blogerlik hamda motivator notiqlikka qadar bo'lgan yorqin kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, buning ajablanadigan joyi yo'q. Ushbu kitob qahramonlari orasida Hillari Klinton, Gordon Ramzi, Antonio Banderas, Devid Kopperfild, Enrike Iglesias, Farrux Zokirov, Daniel Redkliff kabi mashhur insonlar hamda dunyo miqyosidagi yulduz bo'lmasa-da, ko'pchilikka taniqli shaxslar bor. Otabek Mahkamov ilk daqiqalardanoq suhbatdoshining e'tiborini jalb etish, uning yangi, ba'zan kutilmagan jihatlarini ochib berish qobiliyatiga ega. Shu boisdan mazkur kitobda jamlangan tasodif bo'lmagan har bir uchrashuvning o'ziga xos qiziqarli tarixi bor. Nihoyat, kitob samimiyat bilan yozilgan. U hayot, uning darslar, quvonchlari, fojialari, yo'qotishlari va g'alabalari haqida. Undan barcha zamon va xalqlarga xos hazil-mutoyiba, teran mulohazalar, o'tkir mushohadalar, tarixiy misollar hamda hikmatli so'zlar ham o'rin olgan. Mazkur kitob birinchi nashrda uch tilda - o'zbek, rus va ingliz tillarida bosib chiqarilgan edi. Ushbu yangi nashr esa faqatgina o'zbek va ingliz tillarida chop etildi. Buning sababi shundaki, muallif e'tiborini aynan o'zbekzabon yoshlarga qaratishni, o'zbek yoshlariga ko'plab davlatlarga borib, taniqli insonlar bilan ko'rishib suhbatda bo'lish aql bovar qilmas ish emasligini, bu ularning xam qo'lidan kelishi mumkinligini ko'rsatib berishni maqsad qilgan. Undan tashqari, bu orqali milliy kontent boyiydi, o'zbek tili nufuzi va mavqei yanada oshadi. Muallif ushbu ijodiy loyihadan tushgan mablag'ning bir qismini O'zbekistondagi og'ir kasalliklarga chalingan va dori-darmonga moddiy imkoni bo'lmagan bolalarni davolash uchun ajratishni rejalashtirgan.
680 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 34 days.
Finish this book in TelegramKitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterNo reviews of this book yet.
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Ibrahim Gulyamov · 2023

Saidmurod Davlatov · 2024

Nikolay Molchanov · 2022

Robert Harris · 1999

Val McDermid · 1999

Wilbur Smith · 1998

Andy McNab · 2000

Suzanne Collins · 2011
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more