
Qamal
Romanda XVI asr voqealari qalamga olinadi. Bir oylik qamal. Qamalki, tarixni o'zgartirmoqchi bo'lgan xonlarning achchiq iztirobi, nadomati bilan tugaydigan voqelik. Qamalki, yovuz bir otaning o'z qizini o'limga mahkum qilib, o'sha hukm ortidan butun bir xalqni, bir hududni parokanda bo'lishini tomosha qilishi... Abdullaxon davrida yuz bergan Toshkent qamalini tasvirlar ekan, yozuvchi, muhosaradan ko'ra ko'proq odamlar ruhiyatiga urg'u beradi. Tarixiy shaxslar ortidagi ikkinchi, uchinchi emas, hu-uv, nechanchidir o'rinda turadigan oddiy fuqaro Jonpo'lat urushni taqdiri deb bilgan navkar emas, tarixni biz yaratamiz, o'zgartiramiz, degan xonzoda ham emas. O'ziga berilgan topshiriqni bajarishga, buning uchun jonidan kechishga, sadoqatiyu so'zida sobit xizmatkorning muqarrar o'limga bir necha bor ro'baro' kelishi kitobxonning asarga singib ketishini, mutolaani sassiz davom ettirishini ta'minlaydi. Garovda qoldirilgan Mohimning Abdullaxon tomonidan qaytarib yuborilishini isnod deya qabul qilgan va undan qutulish uchun qamal qilinajak shaharga jo'natgan badniyat otaning, o'limini iltijo bilan so'rayotgan Mohimning tasviri shu qadar mahorat bilan tasvirlanadiki, go'yo tarixning qaysidir qora sahifalari orasida ma'suma xonzoda gavdalanadi. Jonpo'latning «Ayrim tuyg'ulardan so'ng yashash gunoh... yashash xiyonat», degan so'zlari quloqlarimiz ostida jaranglaganday bo'ladi. Ko'proq ko'rish
О книге
- Издательство
- Yangi Asr Avlodi
- Год издания
- 2022
- Язык оригинала
- O'zbek tili
368 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 19 дней.
Дочитайте эту книгу в TelegramГде найти книгу
Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:
Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позжеРецензии
На эту книгу пока нет рецензий.
Читатели Kitoblarim
Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.







