Kitoblarimcatalogue
Qamal

Qamal

Romanda XVI asr voqealari qalamga olinadi. Bir oylik qamal. Qamalki, tarixni o'zgartirmoqchi bo'lgan xonlarning achchiq iztirobi, nadomati bilan tugaydigan voqelik. Qamalki, yovuz bir otaning o'z qizini o'limga mahkum qilib, o'sha hukm ortidan butun bir xalqni, bir hududni parokanda bo'lishini tomosha qilishi... Abdullaxon davrida yuz bergan Toshkent qamalini tasvirlar ekan, yozuvchi, muhosaradan ko'ra ko'proq odamlar ruhiyatiga urg'u beradi. Tarixiy shaxslar ortidagi ikkinchi, uchinchi emas, hu-uv, nechanchidir o'rinda turadigan oddiy fuqaro Jonpo'lat urushni taqdiri deb bilgan navkar emas, tarixni biz yaratamiz, o'zgartiramiz, degan xonzoda ham emas. O'ziga berilgan topshiriqni bajarishga, buning uchun jonidan kechishga, sadoqatiyu so'zida sobit xizmatkorning muqarrar o'limga bir necha bor ro'baro' kelishi kitobxonning asarga singib ketishini, mutolaani sassiz davom ettirishini ta'minlaydi. Garovda qoldirilgan Mohimning Abdullaxon tomonidan qaytarib yuborilishini isnod deya qabul qilgan va undan qutulish uchun qamal qilinajak shaharga jo'natgan badniyat otaning, o'limini iltijo bilan so'rayotgan Mohimning tasviri shu qadar mahorat bilan tasvirlanadiki, go'yo tarixning qaysidir qora sahifalari orasida ma'suma xonzoda gavdalanadi. Jonpo'latning «Ayrim tuyg'ulardan so'ng yashash gunoh... yashash xiyonat», degan so'zlari quloqlarimiz ostida jaranglaganday bo'ladi.

Book details

Publication year
2022
Original language
O'zbek tili

368 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 19 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more