Kitoblarimкаталог
Shafqatsiz asr (II jild)
Художественный перевод

Shafqatsiz asr (II jild)

Isay Kalashnikov qalamiga mansub «Shafqatsiz asr» romanining ikkinchi kitobini mutolaa qilar ekansiz, shuuringizni dunyoning yengilmas sarkardasi hayoti mazmun-mohiyati xususidagi tizginsiz savollar qamrab oladi. Beixtiyor unga achinasiz, chunki u asar davomida sizda qudratli shaxs sifatida emas, bir ayanchli taqdir egasi kabi taassurot uyg'ota boshlaydi. Zotan, u naqadar katta hududlarni egallasa-da, umri poyoniga yetar ekan, qalbi bo'm-bo'shligicha qolganini, ruhan yolg'izlikni his qilgan edi. Hamma narsasi bor-u, ammo hech narsasi yo'q inson kabi! Jasoratli va sharafli shahzoda Jaloliddin tushgan murakkab vaziyat o'quvchini chindan iztirobga soladi. Xalqimizning ushbu buyuk bahodir o'g'loniga avlodlarning asrlar o'tsa-da, harorati pasaymaydigan faxr va minnatdorlik tuyg'ularini, hurmat va muhabbatini siz ham his qilasiz. Jaloliddinning yer bilan yakson bo'lgan imperiyaga valiahd qilib tayinlanishi Alouddin Muhammad Xorazmshoh tomonidan qabul qilingan eng to'g'ri va ming afsuski, ayni damda juda kechikkan qaror bo'lgandi. Bir tarafdan Chingizxonning katta o'g'li Jo'jining tinch hayotni qo'msab, qon to'kishdan bezillab, o'zining o'zligini izlab yashagan xassos qalbi iztiroblari uchun qayg'u chekasiz. Ayni damda oxirgi tomchi qoni qolguncha O'trorni mardona himoya qilgan ajdodlarimizning mislsiz qahramonliklaridan cheksiz faxrga to'lasiz. Asarni mutolaa qilayotib, shahar mudofaasida ruhan ishtirok etayotganingizni sezmay ham qolasiz. Ana shunday qarama-qarshi hislarni tuymoqni istar ekansiz, Isay Kalashnikovning qo'lingizdagi mazkur tarixiy romani aynan siz uchun.

О книге

Издательство
Yangi Asr Avlodi
Год издания
2021

672 стр. Если читать по 20 страниц в день, вы закончите её примерно за 34 дня.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше

Хотите узнать больше?

Искусственный интеллект расскажет об этом подробнее. Ответ откроется в новой вкладке, а эта страница останется открытой.

Подробнее у ИИ