Kitoblarimкаталог
Javdarzordagi xaloskor
Художественный перевод

Javdarzordagi xaloskor

Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946 yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951 yili alohida kitob bo'lib chiqqan. Asar ko'plab tillarga o'girilgan. Shu kungacha 65 million nusxada sotilgan. 2005 yili “Time” jurnali asarni 1923 yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar ro'yxatiga kiritgan. “Modern Library” nashriyoti esa romanni XX asrning 100 ta eng sara asarlari qatoridan joy olishga loyiq topgan. 2003 yil BBCning “The Big Read” (“Eng ko'p o'qilgan”) so'rovnomasida u 15-o'rinni egallagan. Asarda beparda so'zlar ko'p uchragani bois bir qancha mamlakatlarda, jumladan, AQSH maktablarida ham keyinchalik tanqidga uchragan va uzoq yillar nashr etilishi taqiqlangan. “Javdarzordagi xaloskor” ko'p bora senzuraga uchragan bo'lishiga qaramay, AQSH maktablarida eng ko'p o'qitilgan asarlar ro'yxatida 2-o'rinda turadi (1-o'rinni Jon Steynbekning “Sichqonlar va odamlar haqida” novellasi egallagan). Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o'smirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, ma'sumlik, asillik, o'zlik, yo'qotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib o'tadi. Jerom Selinjer 1919 yil 1 yanvarda Nyu-Yorkda tug'ilgan va 2010 yil 27 yanvarda Nyu-Hempshir shtati Kornish shahrida vafot etgan. Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilingunga qadar “Story” va “The New Yorker” jurnallarida bir necha hikoyalari chop etilgan. Ammo 1951 yil bosilib chiqqan “Javdarzordagi xaloskor” romani uni mashhur qildi. Nashrdan chiqqach 2 oy muddatda ommalashib ketgan romanda 16 yoshli o'smir yigitning o'y-xayollari, atrofidagilarning munofiqligi va soxtaliklaridan bezorligi, hayotga bo'lgan ochiq munosabati yoritilgan. Muallifning o'zi 1953 yilgi intervyusida romanni qisman avtobiografik deb atagan. "Asaxiy Books" loyihasi doirasida tarjima va chop qilindi. Tarjimonlar: Zuhra Rahimjonova O'g'iloy Mirahmatova Muharrirlar: Xurshid Yo'ldoshev Ziyodaxon G'ulomova Musahhihlar: Gulasal Qodirova Gulnora Pattaxova Dizayner: Javohir Ravshanov Daryo Uz nashri kolumnisti Nurbek Alimov kitob haqida: https://daryo.uz/k/2020/01/07/osmirlikdan-otish-qiyinchiliklari-va-jerom-selinjerning-javdarzordagi-xaloskor-romani-haqida/ Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2020

252 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 13 дней.

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше