Kitoblarimкаталог
Назад к книгам
Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Художественный перевод

Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari

Ishda, o'qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg'itadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun . Diqqatni jamlab, chalg'imasdan o'z faoliyati bilan shug'ullanish muammoga aylangan zamonda professor o'zining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi. Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalg'imasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda ta'kidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi. Teran ish — bu kognitiv jihatdan talabchan vazifadan chalg'imasdan diqqatni jamlash qobiliyati. Bu sizga murakkab ma'lumotlarni tezda o'zlashtirish va qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishish imkonini beradigan mahoratdir. Teran ish sizni qilayotgan ishingizni samaraliroq qiladi va ish jarayonida haqiqiy qoniqish hissini beradi. Muallif va professor Kel Nyuport “Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” asarida ijtimoiy tarmoqlarning hayotga ta'siri haqida hikoya qiladi. Chalg'ish yomon deb bahslashish o'rniga, u aksincha teran ish kuchini ko'rsatib beradi. Kitobni o'qib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi o'rni va ahamiyati haqida o'zingizga savollar berib boshlaysiz. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Avtomatlashtirish va autsorsing ish joyini qayta shakllantirar ekan, bizga qanday yangi ko'nikmalar kerak? Teran ishlarni bajarish qobiliyati. Kel Nyuportning qiziqarli yangi kitobi chalg'imaydigan muhitda diqqatni jamlash uchun qo'llanma bo'lib, tez, chuqur o'rganish va ishlatish mumkin. Bunga aqlingiz uchun gimnastika sifatida qarang va mashq dasturingizni bugundan boshlang.” — Daniel X. Pink, Drive va When kitoblari muallifi. “Bu kitob diqqatni jamlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi va uni hayotimizga tatbiq etish uchun darhol amalda qo'llash mumkin bo'lgan qadamlarni taklif qiladi.” — Adam M. Grant, Originals va Think Again muallifi “Kel Nyuport — shovqin dengizidagi tiniq ovoz bo'lib, ilm-fan va ishtiyoqni teng darajada olib keladi. Bizga ko'proq kliklar, ko'proq mushuklar va ko'proq emojilar kerak emas. Bizga jasoratli ish kerak, ko'zlarimizni ishdan olganimizda sodir bo'ladigan ish .“ — Set Godin, This is marketing va The Practise kitoblari muallifi “Kel Nyuport insonning aqliy kuchlarini qayta tiklash bo'yicha men ko'rgan eng ma'lumotga boy va aqlli amaliy maslahatlar to'plamini taqdim etadi.“ — Metyu B. Krouford, The World Beyond Your Head va Why We Drive kitoblari muallifi. “Bu chuqur, sayoz bo'lmagan, hayotingizni boyitadigan kitob.“ — The Globe and Mail “Teran ish hozir mening eng sevimli kitoblarimdan biri bo'lib, bu men uchun hayotimni o'zgartirgan kitob bo'ldi desam, hazillashmayman. O'ylaymanki, bu siz uchun ham shunday bo'lishi mumkin.“ — Brett Makkey, The Art of Manliness kitobi muallifi Muallif haqida: Kel Nyuport Georgetown universitetining kompyuter fanlari professori va New York Times bestselleriga aylangan yettita kitob, jumladan, “E-pochtasiz dunyo”, “Raqamli minimalizm”, “Ular sizni e'tibordan chetda qoldira olmaydi” va “Diqqat” kabi 35 ta tilga tarjima qilingan kitoblar muallifidir. U New Yorker, New York Times va WIRED gazetalarining doimiy hamkori, NPRning mehmoni va mashhur Deep Questions podkastining boshlovchisi. Asaxiy Books yil bestsellerlari 2024: 7-o'rin Asaxiy Books yil bestsellerlari 2023: 5-o'rin Ko'proq ko'rish

О книге

Издательство
Asaxiy
Год издания
2020

231 стр. Если читать по 20 минут в день, вы закончите её примерно за 12 дней.

В боте Kitoblarim: читают — 1

Дочитайте эту книгу в Telegram
Поделиться в Telegram

Где найти книгу

Kitoblarim — каталог книг: самой книги или её PDF здесь нет. Ищите печатную или электронную версию в этих магазинах:

Сохранить в Telegram, чтобы прочитать позже

Рецензии

На эту книгу пока нет рецензий.

Читатели Kitoblarim

Читатели Kitoblarim ещё не оценили эту книгу. Если вы её читали, напишите первый отзыв.

Что почитать дальше