
Garriet Bicher-Stou: Tom Tog'aning kulbasi
Garriyet Bicher-Stou (1811-1896) ushbu asarining bosh qahramoni gora tanli Tomning ayanchli taqdiri haqida gapirar ekan, oq tanlilarning habashlarga nisbatan vahshiy haqoratomuz munosabatini kishini lot godiradigan darajada tasvirlab beradi. Qullarning inson sifatidagi qadr-qimmatini toptash, ulardagi shaxsiyat tushunchasini butkul yo'qotish maqsadida oilalar buziladi, bolalar ota-onasidan tortib olinadi va sotib yuboriladi. Ayollarga esa nasl qoldiruvchi va quldorlarga yana-da ko'proq foyda keltiruvchi “buyum” sifatida qaraladi. Adiba o'z asarida barcha qiyinchiliklarga qaramay, o'z xalqining eng oliy xislat va fazilatlarini saqlab qolgan bir qator ajoyib qora tanli qullar obra- zini ham yaratgan, Roman qahramoni Tom tog'a o'z oilasi bilan quldor Shelbi xonadonida qaram. Tom o'z xo'jayiniga halol xizmat qiladi. U g'oyatda taqvodor hamda itoatgo'y inson. Habash Jorj Garris esa o'z xo'jayinini yomon ko'radi: uning uchun iste'dodli ixtirochi uchun qullikda hayot kechirish imkonsiz. Uning xotini Eliza esa o'z farzandi uchun mardona kurashgan ayol. Kichkinagina, quvonch va kulgudan ko'zlari yonib turadigan Topsi, alam va iztiroblarga to'la Kassi bularning barchasi asardagi eng sara qahramonlardir. Ushbu asar qahramonlarida biz insoniylik, vijdon, e'tiqod, sabr. sadogat, o'ziga ishonch kabi fazilatlarni ko'rishimiz mumkin. Shunday fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan Tom o'zi yashayotgan muhitga, atrofida sodir bo'layotgan razilliklarga qaramasdan, o'zining insoniyligini saqlab qolish uchun kuch topa oladi. "Tom tog'aning kulbasi" asari orqali qora tanli qullarning ayanchli hayoti, kishini larzaga keltiruvchi mudhish taqdiri ilk bor badiiy asarda o'z aksini topdi. Yozuvchi ushbu romanda qullarning ruhiy ahvoli, ularning yetkazilayotgan jismoniy va ma'naviy zararni, qullar hamda quldorlar o'rtasidagi tengsizlikni yorqin dalillar misolida ifodalab bergan.
Book details
- Publisher
- Nurafshon business
- Publication year
- 2023
- Original language
- O'zbek tili
320 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






