Kitoblarimcatalogue
Back to books
Fyodor Dostoevskiy: Iblislar
Literary translation

Fyodor Dostoevskiy: Iblislar

Iblislar: uch qismli roman / F. Dostoyevskiy Toshkent: Dunyo Nashr, 2025. – 784 b. ISBN 978-9910-8672-3-1 «Iblislar» romani 1870–1871-yillarda yozilgan. Asar yaratilganidan beri u sof rus hodisasi, Yevropa hodisasi, umumjahon hodisasi sifatida o'qilib va anglanib kelmoqda. To'la ishonch bilan aytish mumkinki, bu g'oya azoblari va ular changalida to'lg'onayotgan , yangi umumjahon titroqlarini uyg'otayotgan inson iztiroblari ekanligi ayon bo'lmoqda. Afrika, Amerika, Osiyo zaminlarida tinmay, kunda-kunora ro'y berayotgan fojialar – ong og'rig'i yengilmas, chalkashtiruvchi iblis kabi insoniyatning eng chuqur va sirli hujayralariga joylashayotganini ko'rsatdi. Dostoyevskiyning tengsiz kinoyasi, hajviyati , mislsiz psixologik tahlili va tasvir dahosi bu og'riqning mohiyatini ochib, odamlarni sergaklantiradi. «Iblislar»ning o'lmas ma'rifati ana shunda. Rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning ijodiy faoliyati 1844 yilda boshlangan. Uning birinchi romani — «Qashshoqlar» (1846). 1847 yildan rus inqilobchisi va utopik sotsialisti M. V. Petrashevskiy to'garagiga qatnashib, utopik sotsializm g'oyalarini qo'llab-quvvatlagani, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib o'zgartirishga harakat qilgani uchun Dostoyevskiy 1849 yilda o'lim jazosiga hukm qilinadi. Biroq nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvi natijasida podsho Aleksandr II uning o'lim jazosini to'rt yillik katorga surguniga almashtiradi. Uzoq muddatli surgun Dostoyevskiy ijodida o'z ifodasini topadi. «Stepanchikov qishlog'i va uning aholisi» (1859), «Haqaratlangan va xorlanganlar» (1861), «O'lik uydan maktublar» (1861–1862) asarlari insonlik qiyofasini yo'qotgan ruslar hayotiga bag'ishlangan. «Jinoyat va jazo» (1866) va «Idiot» (1868) romanlarida rus xalqi ma'naviy muammolari badiiy bo'yoqlarda yorqin aks ettirilgan. «Jinlar» (1871–1872) va «O'smir» (1875) romanlarida esa rus zodagonlari orasida ma'naviy qashshoqlik, ochko'zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko'rsatilgan. «Aka-uka Karamazovlar» romanida jamiyat va shaxs o'rtasidagi ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojea o'z ifodasini topgan. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Bukhara Books
Publication year
2025

784 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 40 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next