Kitoblarimcatalogue
Jinoyat va jazo
Literary translation

Jinoyat va jazo

Dostoyevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo'lsa-da, rus va jahon adabiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Dostoyevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o'ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to'laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat ma'naviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O'zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g'oya va dunyoqarashning fojiaviy to'qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoyevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», “Telba” va boshqa asarlari Ibrohim G'afurov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o'tirishni istamadim va istamayman. Men o'zim ham yashashni istayman, bo'lmasa, yashashning ham keragi yo'q. Kambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik bu – illat. Siz kambag'alchilikda hali o'zingizning tug'ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo'lasiz, yo'qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi. Berkitadigan narsasi bo'lmagan kishilar o'zlarini baxtli deb bilsalar arziydi. Boshqalar nima derkin, deb o'tirish ojizlikning birinchi belgisidir! …omad kelmagandan keyin hamma narsa bema'ni bo'lib ko'rinadi! Tabiat qonunlariga ko'ra, odamlar umuman ikki toifaga bo'linadilar: past toifa (odmi odamlar), o'ziga o'xshaganlarni urchitishdan boshqa narsaga yaramaydilar, ular urchish materialidirlar va ikkinchisi, odam deb sanasa arziydigan va hayotda, o'z muhitida yangilik, yangi so'z barpo qilish iqtidoriga, qudratiga ega bo'lganlar (favqulodda). Birinchi toifadagilar – bugungi kunning sohiblari, ikkinchidagilar esa kelajakning egalaridir. Birinchilar dunyoni eminlikda saqlab turadilar, moddiy borliqni miqdoran ko'paytiradilar, ikkinchilar esa dunyoni harakatga keltiradilar va uni maqsad sari olib boradilar. Ko'proq ko'rish

Book details

Publisher
Bukhara Books
Publication year
2025
Original language
O'zbek tili

704 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 36 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Editions (6)

Ilm-Ziyo-Zakovat · 2021

ISBN:
9789943665606
Language:
O'zbek tili
Script:
Kirill
Pages:
720
Binding:
Qattiq
Format:
A5

O'qituvchi · 2018

ISBN:
9789943222953
Language:
O'zbek tili
Script:
Kirill
Pages:
718
Binding:
Qattiq
Format:
A5

Read next