
Bonu
Roman shu yaqin kunlar, “bozor iqtisodi”, “globallashuv” davri hayoti va bu hayotning serpo'rtana, sertahlika, seraldov, serro'yo voqealari va bu dog'uli voqealarni harakatga solgan, ularni “xarakterli” qilgan odamlarni sahnaga olib chiqqan. Roman shitob bilan yozilgan va o'quvchi ham tabiiy shitob bilan voqealar ichiga, qahramonlarning taqdir dunyosiga kirib boradi. Roman shu “bozor” zamonida ko'p fojiali damlar, fojiali sho'rishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni o'z boshidan kechirgan Bonu degan go'zal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar, xotiralar tarzi-usulida bitilgan. Bu juda intim, o'ta intim hikoyaki, unga “bitik” so'zi juda mos, ayni badiiy-psixologik hodisani to'g'ri ifodalaydi. Bonu bitiklari o'z hayoti tarixiga misoli girdob, misoli sahro quchog'i kabi olib kirib ketadi. Bir insonga bergan hayot, jon, tiriklik evaziga Xudo uni shunchalar ko'p, chigal, og'irdan og'ir, mushkuldan mushkul sinovlarga tashlaydiki, “axir buning ma'nosi nima?” – deb, kishi yana eng qadim “Ayyub nidosi”, Ayyub sabrini eslaydi va Odam Atodan qolgan ekan-da bu dardu sinovlar, deb o'yga toladi. Go'zal Bonu Ayyubdan ham ko'proq yengish, chidash, ko'tarish, qariyb ilojsiz sinov-sinoatlarga duch keladi. Yengib o'tish, omon qolish imkonsiz bo'lib ko'ringan holatlarda u favqulodda matonat ko'rsatadi. Biz “Chol va dengiz”, “Oq kema”, “Qiyomat”da ham shunday favqulodda ruhoniy qudrat kasb etgan matonat – epik shoirona matonat hodisasiga duch kelganmiz. Bonu timsoli bu insoniy matonatni yana boshqa bir ulug' harakatlantiruvchi kuch – Oriyat favqulodda quvvatlantirib, favqulodda insoniy hodisaga aylantirib turadi. Inson jozibasi nima ekanligi, mohiyat-mazmuni nimada ekanligini biz Bonu bitiklari orqali yurak-ongimiz alam-nomusdan xinadek ezilib, u bilan birga dodu faryod ko'tarib, u bilan birga dodu faryodimizga yetolmay, kuzatib boramiz. Girdob naqadar dahshatli ekanini Bonu bilan birga boshdan o'tkazamiz: voy-yey! Suf bu dunyo – bu dunga, deb hayqiramiz. Bonudagi umuminsoniy kuch va saliqa kasb etgan Oriyat! Nomus! – millat, insoniyat miqyosida tarbiyalansa, ijtimoiy zaruriy kuchga – harakat va intilishdagi kuchga aylansa, qaniydi, deymiz. Bonuning tabiiy samimiyati, tabiiy oriyati o'quvchini rom etadi va bizga harakatdagi kurashchanlik namunasi bo'lib tuyuladi. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- Factor Books
- Publication year
- 2022
- Original language
- O'zbek tili
288 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 15 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Erkatoy
Iqbol Mirzo · 2025

Zamona yigitlari (Yevropadan nimalar o'rganib, nimalaridan saqlanamiz)
Baxtiyor Muhammadamin Abdurrahim o'g'li · 2016

Mehrigiyoh (mashhur qo'shiqlar kutubxonasi)
2016

Bedor tun tomchilari
Sharifa Salimova · 2018

Yoqilgan maktub
Omonxon Mamadaliyev · 2021

Nomi chiqmagan xotin
Hakim Nazir · 2021

Воспоминание, похожее на белый цветок
Muhammad Ismoil · 2022

Lavh (Saylanma IV)
Hakim Abdulla · 2022
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more