
Aviatsiya (Mening birinchi ensiklopediyam)
Odamzod tortishish kuchini yengishga chog'lanib yaratgan ajabtovur qurilmalar haqidagi hikoyalarni ko'hna afsonalar, rivoyatlar va, hatto, muqaddas kitoblarda uchratish mumkin. Qadim-qadimdan olimlar qushlaru uchar hasharotlar qanday qilib havoda uchib yurishini anglab yetish uchun ularning parvoz mexanizmini, tanasi va qanotlari tuzilishini sinchiklab o'rganganlar. Dastlabki parvoz qurilmalari uchun, aynan qush qanotlaridan andaza olingani ham bejiz emas. Ularni, hatto qalin patlar bilan qoplab ham ko'rishgan. Tabiiyki, bunday qurilmalar yordamida odam parvoz qilish tugul, yerdan ko'tarilishi ham amri mahol ekani endi hech kimga sir emas. Ba'zi ixtirochilar o'zlarining yerning tortishish kuchini yengish, bulutlarga ko'tarilish va olamni qush parvozi balandligida ko'rish orzusini amalga oshirish uchun hatto o'z oilalari, boyliklari, obro'si va farovon hayotini ham qurbon qildilar. Afsuski, ulardan aksariyati o'z orzusiga erisha olmadi: ixtiro etilgan qurilmalar hisob kitoblardagi xatoliklar yoki bir qator muvaffaqiyatsizliklar tufayli parvoz qila olmagan. Hukumat vakillari ham bunday sinovlarni juda xavfli deb hisoblashgani uchun taqiqlab qo'yishgan, to'g'risini aytganda, Odamzod samolarda parvoz qilishi mumkinligiga deyarli ishonishmagan. Agar hamma birdek xayolparast, g'irt bekorchi va nodon deb hisoblagan ashaddiy ishtiyoqmandlar bo'lmasa, uchish qurilmalari biz odatlanib qolgan transport vositasiga aylanishi ehtimoldan yiroq edi. Axir, barcha muvaffaqiyatsizliklaru xatoliklar aviatsiya va havoda uchish jarayonlari rivojlanishi uchun yutuqlar va kashfiyotlardan kam bo'lmagan darajada muhim bo'lgan. XIX asrning o'rtalaridan boshlab, ilm-fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar va ixtirolar yaratilishi oqibatida chinakamiga yerdan ko'tarila oladigan va, hatto bortida yo'lovchilarni tashiydigan qurilmalar vujudga kela boshladi. Kelinglar, samolyotlar va boshqa havo kemalari qanday qilib va nima uchun uchishini tushunib olamiz. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- O'zbekiston
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
96 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 5 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Dunyo daholari: Stiv Jobs - Kompyuterga jon bergan odam
2024

Britannika. Eng yangi bolalar ensiklopediyasi. Biz bilganimiz va bilmaganimiz haqida
2021

Odam tanasining tuzilishi (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Koinot (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Tanklar haqida Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025