Kitoblarimcatalogue
Back to books
Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)

Dinozavrlar ko'p million yillar avval yashagan. Biroq hozirgi kunga qadar ulkan va noyob sudralib yuruvchilar nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham o'ziga sehrlab kelmoqda. Bahaybat jonivorlar filmlar, multfilmlar qahramoniga aylanishgan, o'zlarining yumshoq o'yinchoqlar ko'rinishida yangi hayotlarini boshlashgan. Dinozavrlar chindan ham mavjud bo'lganligini hamma yaxshi biladi. Lekin brontozavrning bo'yi necha metr ekanligini yoki tirannozavrning qanday kuchga ega bo'lganligini hamma ham biladimi? Salobatli, kuchli, o'z yo'lida uchragan hamma narsani yakson qilib ketaveradigan ulkan yirtqichlar shafqatsiz vahshiylar bo'lganiga ko'pchilikning ishonchi komil. Biroq aslida unday emas. Dinozavrlar orasida faqat o'simliklar bilan oziqlangan beozorlari ham uchraydi. Eng qadimiy dinozavrning suyaklari qayerda topilganini, afsonaviy hayvonlarning nomi qanday tarjima qilinishini bilish hammaga ham qiziq bo'lishi shubhasiz. Ushbu kitob nega, nimaga deb hadeb so'rayveradigan, o'zini o'rab turgan muhitga qiziquvchi kichkintoylar, vaqt uzra sayohat qilishga tayyor bo'lganlar, sayyoramiz sirlariga qiziquvchilar va qachondir ushbu sirlarni yechishni orzu qilganlar uchun mo'ljallangan. Inson bo'lajak kasbini bolalik chog'idan tanlaydi. Kim biladi, ehtimol orangizda ham kimdir bir necha yillardan so'ng mashhur tadqiqotchi-olimga, paleontologga aylanib, sirli va ajoyib jonivorlar sayyoramizdan allaqachon g'oyib bo'lgan dinozavrlar haqida biz bilmagan yangiliklarni kashf qilar.

Book details

Publisher
O'zbekiston
Publication year
2021
Original language
O'zbek tili

96 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 5 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more