
Ibtido
2017 yil chop etilib butun dunyo bo'ylab juda ko'plab shov-shuv va jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo'lgan, “Da Vinchi siri” asari muallifi Den Braunning yana bir mashhur romani endi o'zbek tilida!!! “Biz qayerdan paydo bo'lganmiz?” “ Kelajakda bizni nima kutmoqda?” Bu savollar olimlar va turli e'tiqoddagilarning bahslariga sabab bo'lgan. Professor Robert Lengdon o'z shogirdi, yosh futurolog Edmond Kirshning taklifi bilan Ispaniyaga boradi va uning taqdimotida ushbu savollarga javob berilishidan xabar topadi. Ammo u javobni eshitishga ulgurmaydi, hammasi chappasiga aylanib ketadi... Ilk bor o'zbek tilida taqdim etilayotgan ushbu asar qahramonlari din va fan o'rtasidagi azaliy bahs mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. Bu asar 2017 yil oktyabr oyida AQShda chop etilishiga qaramay, 2 oy ichida dunyoning 30dan ortiq tiliga tarjima qilindi va dunyo bestsellerlari sirasiga kirgan hisoblanadi. “Ibtido” — amerikalik muallif Den Braun qalamiga mansub triller asar bo'lib, Robert Lengdon seriyasida “Inferno”dan keyingi beshinchi kitob hisoblanadi. Asar voqealari asosan Ispaniyada, qisman Dubay va Budapeshtda yuz beradi. 2018 yil Avgust oyida asar “New York Times” ning eng yaxshi sotilgan kitoblar ro'yxatidan birinchi o'rinni egallagan. Muallif haqida: DEN BRAUN (Dan Brown) bir qator bestsellerlar, jumladan, “ Raqamli qal'a”,“ Farishtalar va shaytonlar”, shuningdek, dunyo bo'ylab 80 milliondan ortiq nusxada sotilgan “Da Vinchi kodi” kabi asarlar muallifi. U “Time” jurnali e'lon qilgan“ Dunyoning eng nufuzli shaxslar yuztaligi”dan joy egallagan. Uning asarlari 51 ta tilga tarjima qilingan. Den Braun Amherst kolleji va Phillips Exeter akademiyasi bitiruvchisi bo'lib, u yerda ingliz tili va ijodiy yozishdan dars bergan. U Nyu-Angliyada yashaydi.
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2021
668 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 34 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more






