Kitoblarimcatalogue
Back to books
Mantiqiy xato: To'g'ri fikrlash qo'llanmasi
Literary translation

Mantiqiy xato: To'g'ri fikrlash qo'llanmasi

Tanqidiy va tahliliy fikrlash hozirgi davr uchun muhim hisoblanadi. Ma'lumotga ko'r-ko'rona ishonib noto'g'ri xulosa chiqarish kabi muammolarga yechim sifatida “Mantiqiy xato” kitobini taqdim etamiz. Kim haq- u, kim nohaq? Ba'zan bu savolga javob yo'qdek tuyuladi. Axir “Hammaning o'z haqiqati bor” , deymiz. Shunga qaramay, nahotki barcha uchun bir xil bo'lgan obyektiv haqiqat yo'q? Albatta, bor va uni bilishda bizga mantiq yordam beradi. Bu qadimiy ilm argumentlar keltirish va ularga javob berishni o'rgatadi. O'rganishning eng samarali usullaridan biri — xatolarni tahlil qilish. Shuning uchun “Mantiqiy xato” kitobida bahslarda keng tarqalgan mantiqiy xatolar, ularning turlari va shakllari bayon qilingan. Kitob mantiqiy mulohaza yuritishning asosiy tamoyillari bilan tanishtiradi. Unda kundalik hayotda, bahslarda ko'p uchraydigan xatolar va ularning turlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, argumentlash bo'yicha misol va foydali tavsiyalar keltirilgan. Xatoning nima uchun xato ekanini bilsangiz, unga yo'l qo'ymaysiz. Bu xislat sizni oqil, vazmin va mulohazakor insonga aylantiradi. Bu kitob samarali mulohaza yuritish bo'yicha tezkor va foydali qo'llanma bo'lib, sizga vaziyatni siz istaganday emas, aslidek ko'rsatuvchi yo'lga olib kiradi. Ushbu kitobda asosiy e'tibor mantiqiy xato tushunchalarga qaratilgan, hayotda oddiy qabul qilinuvchi ko'p holatlar nima uchun xato ekani ko'rsatilib tavsiyalar ham keltirilgan. O'qigan sahifalaringiz soni ortishi bilan fikr yuritish va qaror qabul qilish uslubingizda sezilarli yaxshilanishga guvoh bo'lasiz. Mantiqiy xato – bu barcha original misollar va tushunarli tavsiflarga ega bo'lgan keng qamrovli mantiqiy xatolar to'plami bo'lib, barcha kitobxonlarga yoqishi shubhasiz. Kitobni mutolaa qiling, tushuning va hayotingizda qo'llashni boshlang. Agar kitobdagi tavsiyalarga amal qilsangiz: • Kundalik hayotda mantiqiy xatolarni aniqlaysiz va bartaraf etasiz; • Tanqidiy va mustaqil fikrlashda o'sish sezasiz; • O'zingizni noto'g'ri ma'lumot va manipulyatsiyadan himoya qilasiz; • Yanada bilimdon va aqlli shaxsga aylanasiz; • Samarali muloqot va muzokaraga kirisha olasiz. “Mantiqiy xato” kitobi bilan shaxs sifatida yanada rivojlaning. Tanqidiy fikrlash sari sayohatingizni bugundan boshlang! Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi.

Book details

Publisher
Asaxiy
Publication year
2024

316 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 16 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more