
Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
№1 “NEW YORK TIMES” BESTSELLERI “Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish bo'yicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi g'oyalarni taqdim etadi” — Mark Sukerberg, Meta bosh direktori “Piter Til bir nechta ilg'or kompaniyalarni qurdi va “Noldan birga” kitobi buni qanday qilishni ko'rsatadi.“ — Elon Mask, SpaceX va Tesla bosh direktori Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali o'rganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak bo'lgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til “Noldan birga” kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini ko'rsatadi. Til o'z asarini mobil qurilmalarga mukkamizdan ketib, buni sezmayotgan bo'lsak ham, aslida texnologik turg'unlik asrida yashayotganimizni ko'rsatish bilan boshlaydi. Axborot texnologiyalari tez sur'atda rivojlandi, ammo taraqqiyot faqat kompyuterlar yoki Silikon vodiysi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Har qanday sanoat yoki biznes sohasida taraqqiyotga erishish mumkin. Bunda xar bir lider o'zlashtirishi kerak bo'lgan eng muhim mahorat — mustaqil fikrlashni o'rganishdir. Biznesda har bir lahza bir marta yuz beradi. Yana bir Bill Geyts operatsion tizim ishlab chiqmaydi. Navbatdagi Larri Peyj yoki Sergey Brin qidiruv tizimini yaratmaydi. Ertangi chempionlar bugungi bozorda shafqatsizlarcha raqobatlashib g'alaba qozona olmaydi. Ular raqobatdan butunlay qochishadi, chunki ularning biznesi noyob bo'ladi. Boshqa birov uddalagan ishni qilish dunyoni 1 dan n ga siljitadi. Ammo har safar yangi narsa yaratganimizda, biz 0 dan 1 ga tomon harakatlanamiz. “Noldan birga” kitobi kelajakka optimistik nuqtai nazarni va innovatsiyalar haqida yangi fikrlash tarzini taqdim etadi: u sizni kutilmagan joylarda qiymat topishga olib keladigan savollar berishni o'rgatishdan boshlanadi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri “Aniq yozilgan, mantiqiy va amaliy, “Noldan birga” asarini nafaqat ishbilarmon tadbirkorlar, balki dunyo istiqbollari haqidagi hozirgi g'am-g'ussaga alternativ izlayotgan har bir kishi o'qishi kerak.” - The Economist “Tavakkalchi kitob yozsa, uni o'qing. Piter Til misolida, uni ikki marta o'qing. Yoki xavfsiz bo'lish uchun uch marta. Bu klassika.“ - Nassim Nikolas Taleb, “Tasodif bilan aldanganlar” va “Qora oqqush” muallifi “Noldan birga” — har qanday amaldagi yoki havaskor tadbirkor o'qishi kerak bo'lgan birinchi kitob.“ - Mark Andreessen, dunyodagi birinchi veb-brauzerning hammuallifi, Netscape asoschilaridan biri va Andreessen Horowitz kompaniyasining venchur kapitalisti “Til o'zining falsafa, tarix, iqtisod, antropologiya va madaniyat bo'yicha keng ko'lamli va o'ziga xos faoliyatiga asoslanib, bugungi kunda Amerikaning yetakchi jamoatchi ziyolisiga aylandi” - Fortune “Noldan birga — bu yirik kompaniyalar va tadbirkorlar uchun tinimsiz takomillashtirish uchun muhim qo'llanma. Uni o'qing, Piterning chaqirig'ini qabul qiling va kutilganidan ham ortiqroq biznes yarating.“ - Jeff Immelt, GE raisi va bosh direktori “Har kim o'qishi kerak bo'lgan birinchi va oxirgi biznes kitobi; nollar dunyosida.“ - Nil Stivenson, “Snow Crash”, “Baroque Cycle” va “Cryptonomicon” kitoblari muallifi Mualliflar haqida Piter Til — tadbirkor va investor. 1998-yilda “PayPal” kompaniyasiga asos soldi, uni bosh direktor sifatida boshqardi. 2002-yilda uni ommabop platformaga aylantirib, tezkor va xavfsiz onlayn savdo uchun yangi davrni boshlab berdi. 2004-yilda u “Facebook” tarmog'iga ilk tashqi sarmoyasini kiritdi — hozirda direktorlar kengashidan joy olgan. Xuddi shu yili tadbirkor “Palantir Technologies” dasturiy ta'minot kompaniyasini ishga tushirdi, u milliy xavfsizlik va global moliya sohalaridagi tahlilchilarning imkoniyatini kengaytirish uchun kompyuterlardan foydalanadi. Piter Til “LinkedIn”, “Yelp” va boshqa o'nla texnologik startaplarning birinchi investori hisoblanadi, ularning ko'pini “PayPal” mafiyasi — Piterning sobiq hamkasblari boshqaradi. Hozirda u Kremniy vodiysida joylashgan “Founders Fund” venchur kapital firmasining hamkori. Firma “AirbnB” va “SpaceX” kabi loyihalarda ishtirok etgan. Piter nafaqat kollejga borish, balki u yerda o'qish muhimligi haqidagi g'oyasi bilan mashhur bo'lgan “Thiel Fellowship” hamda ommaga ilg'or texnologiyalar va uzoq muddatli fikrlashni taqdim etuvchi “Thiel Foundation”ga asos solgan. Bleyk Masters 2021-yilda Stenford yuridik maktabida o'qiganida, Piterning “Kompyuter ilmi 183: Startap” kursidagi batafsil qaydlari internetda shov-shuvga aylandi. Kollejni tugatgach, u huquqiy axborotni tahlil qilish va tartibga solish texnologiyasini ishlab chiqadigan “Judicata” startapiga asos soldi.
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2023
256 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 13 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

To'rtinchi sanoat inqilobi
Klaus Shvab · 2022

Yalang'och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Charlz Uilan · 2022

Stiv Jobs
Uolter Ayzekson · 2019

Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'kon tarixi
Toni Shey · 2020

От нуля к единице. Как создать стартап, который изменит будущее (твердый)
Piter Til · 2024

Блог на миллион долларов
Наташа Кортни-Смит · 2021

А. З. Авлокулов, д. Х. Шадиева, Р. У. Бадалов: Основы венчурного инвестирования
2014

Стань самым умным и самым богатым (Часть 2)
Шамиль Аляутдинов · 2019
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more