
Suvosti dunyosi (Mening birinchi ensiklopediyam)
Sayyoramizning ajoyib va noyob bo'lgan suvosti olami bor. U haqida quruqlikdagi hayvon va qushlar hayotiga qaraganda ancha kam ma'lumotga egamiz. Chunki odamlar suvosti olamini o'rganish uchun bir necha asrlar oldin okean tubiga tusha boshladilar. Bu suvosti olamini o'rganishda juda qisqa vaqtni tashkil etadi. Odamlar uchun dengizning hal etilmagan jumboqlari ko'p, shuning uchun ko'plab afsona va rivoyatlar paydo bo'ldi. Masalan, odamlar suvosti olamini ilohlar boshqaradi, deb hisoblashgan. Lekin inson har doim noma'lum va tushunarsiz narsalarni o'rganishga harakat qiladi. Endilikda bizda eng chuqur dengiz tubiga tushib haroratini o'lchash, suvosti olamini ko'rish, hatto uni suratga yoki tasmaga tushirib olib, ko'rishga yordam beradigan maxsus qurilmalar bor. Bir vaqtlar odamlarning faqat qayiq va baliq ovlaydigan narsalari bo'lgan, xolos. O'tmishning qiziquvchan tadqiqotchilari biroz chuqurlikka arqonda tushib, nafasni ushlab turib baliqlarni kuzatishgan. Ularga qanday qiyin bo'lganligini o'ylab ko'ring-a? Bugun biz dengizning bepoyon kengliklarini o'rganish imkoniyatiga egamiz! Aytgancha, insoniyat suvosti olamini koinotdan biroz oldinroq o'rganishni boshladi. Bu ilm-fan rivoji tufayli amalga oshdi. Bugungi kunda okean va dengizlar suvosti hayotini butun dunyo biologlari, geologlari va geograflari o'rganmoqda. Okeanlar va dengizlar tubida sodir bo'ladigan barcha jarayonlarni, okeanning quruqlik va atmosfera bilan o'zaro ta'sirini “Okeanologiya” yoki “Okeanografiya” fani o'rganadi. Inson tomonidan turli vaqtlarda qurilgan turli xil inshootlar falokat yoki toshqin tufayli suv ostida qoldi. Ularni suvosti arxeologiyasi o'rganmoqda. Nafas olishga yordam beradigan qurilmalar paydo bo'lganidan keyin, suvosti dunyosini o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ularni mashhur olim Jak-Iv Kusto ixtiro qildi. U bizga suvosti dunyosini va uning jonzotlari hayotini ochib berdi. Lekin shunga qaramay, ilm-fan rivojlanib, Yer yuzidagi eng chuqur joy - Mariana botiqligining quyi qismiga tushish mumkin bo'lsada, okean hamon o'zida ko'plab sir-sinoatlarni yashirib kelmoqda. Ushbu kitobda siz okean va unda yashovchi ayrim jonzotlar bilan tanishasiz, ular qanday yashayotganini, nima bilan oziqlanishini bilib olasiz. Ehtimol, sizlardan biringiz okeanolog bo'lishni, dengizning noma'lum joylarini kashf etishni va insonga noma'lum bo'lgan baliq yoki dengiz hayvonini topishni xohlab qolarsiz. Ko'proq ko'rish
Book details
- Publisher
- O'zbekiston
- Publication year
- 2021
- Original language
- O'zbek tili
96 pages. At 20 minutes a day, you'll finish it in about 5 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Bilimga intiluvchilar uchun Ensiklopediya (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Koinot (Mening birinchi ensiklopediyam)
2022

Dinozavrlar (Mening birinchi ensiklopediyam)
2021

Jajji akademik (9 son)

Самые милые животные. Большая энциклопедия для маленьких
2025

The Wind in the Willows (used)
Kenneth Grahame's

Читаем, пишем, играем. Рабочая тетрадь для дошкольника
В. А. Белых · 2017

Развиваем воображение и внимание
Елена Ульева · 2018